Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi . Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zlig
Bog'liq Harakat inson faoliyatining birligi sifatida
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi . Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi.
Faoliyat turlari
Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham , faoliyat predmetli harakatlar maymui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi.