Istiqlol – sening erking. Erkin yurish, erkin yashash, erkin nafas olish
deganda nimani tushunasan, ? Sening o‘z ixtiyoringda bo‘lishing, birovga
tobe bo‘lmasliging, xo‘rlik va zorliklar ko‘rmasligingni kafolati bu.
Istiqbol – bu sening kelajaging, ota-onangning keksalik gashtini surishi,
sening baxtiyor turmush qurishing, odamlar orasida yuksak obro‘ – e‘tiborga
ega bo‘lishing.
Ha, bolajonlar! Bobolarimiz jon berib erisholmagan ozodlik siz-u bizga
nasib etdi. Kechagina taqdirimizni hal qilishga qaratilgan qarorlarni qabul
qilayotgan katta-katta yig‘inlar rus tilida bo‘lardi. O‘zbekistonlik deputatlar
aksariyat hollarda ishchi - dehqonlar orasidan tanlanardi. Butun umr ketmoni
yelkasidan tushmagan dehqon bechora siyosat narida tursin, rus tilini yaxshi
tushunmasdi. Bunday deputatlarning asosiy ishi qarsaklar chalish va qo‘l
ko‘tarib tasdiqlashdan iborat edi. Ba‘zan o‘zbekning boshiga qirg‘inlar
yog‘dirishga
qaratilgan
qonunlarning
qabul
qilinganida
bechora
deputatlarimizning ham tasdig‘i bo‘lgan.
Mansabning bolini totgan, elini bir pulga sotgan laganbardor kimsalar
ham afsuski tariximizda bo‘lgan. Ular uchun millat, xalq kerak emas, ularga
pul bo‘lsa bas. Hozir ham hayot bozorida iymonini pulga alishayotgan, pul
uchun hech kimni ayamaydigan razillar kam emas. Millatning manfaatlariga zid
ish tutish, millatga qarshi turish kechirib bo‘lmas jinoyatdir. Millat manfaatlari
faqat istiqlol tufayligina qonun himoyasiga olindi.
O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov o‘zining ―Tilla baliqcha‖
she‘rida shunday yozadi:
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni,
Shu loyqa hovuzcha tomon otdilar
60
Tashlandiq ushoq yeb o’tadi kuni
Xoru xas , xazonlar ustin yoptilar.
Dunyoda ko’rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni
Menga alam qilar tilla baliqcha
Bir ko’lmak hovuz deb o’ylar dunyoni.
Shoir tasvirlagan tilla baliqcha tashqi olamdan butunlay uzilgan, faqat
paxta yetishtirish uchun mehnat kuchiga aylangan millatning badiiy ramzidir.
Sho‘rolar davrida o‘zbek xalqi qishloqni paxta maydoni-yu chorva fermalarini,
bir so‘z bilan aytganda tomorqa-yu tomigacha paxta ekilgan O‘zbekiston
degan yurtni dunyo deb bilardi. Biroq Navoiysi, Ibn Sinosi, Al-Xorazmiylari
bo‘lgan bu kamtar va mehnatkash millatning yashayotganini olam bilmasdi.
Biz tashqi dunyodan ajratilgan edik. Huquqlarimiz cheklangan edi. Faqat
mustaqillikgina bizni bu xo‘rliklardan, huquqsizliklardan xalos etdi. Mana
istiqlol bizning uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilib oldingiz.
Ozodlik bizning shiorimizga, uni asrash bosh maqsadimizga aylansin!
Buzurglar yurtisan - muqaddas tuproq,
Iymoning ildizu, insofing yaproq
Men toza ko’nglingga inondim ko’proq,
Ulug’ makon bo’lgan hur O’zbekistonim!
- Aziz o‘quvchilarim! Shunday shukuhli kunlarda Vatanimizning
yanada gullab yashnashida sizga o‘xshagan yosh avlodning oldida qanchalik
ma‘suliyat hissi borligini tan olishingiz, bu ma‘suliyatni ado etishda tinmay
harakat qilishingiz, a‘lo va yaxshi baholarga o‘qib ta‘lim va tarbiya olishingiz
zarurkim, bu – sizning vatanga munosib farzandlar bo‘lib yetishishgizdan
dalolat beradi. Men bunga aminmanki, siz ana shunday farzandlar bo‘lasiz.
(Vatan haqidagi lavhalr, qoshiqlar televizor orqali namoyish etiladi. )
Dars yakunida bayram bilan tabriklab, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida
omadlar tilanadi.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |