5.3. Xalqaro korporasiyalarning mohiyati, tuzilmasi va kо‘rinishlari
5.3. Xalqaro korporasiyalarning mohiyati, tuzilmasi va kо‘rinishlari
О‘z tarkibiga bosh boshqaruvchi markaz orqali rivojlanishning umumiy strategiyasini ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi, ikki yoki undan ortiq mamlakatda xо‘jalik birliklariga ega bо‘lgan hamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya mutaxassislar tomonidan transmilliy korporasiya (TMK) nomini olgan.
Jahon iqtisodiyotining о‘ziga xos “umurtqa pog‘onasi” bо‘lgan zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar hisoblanadi.
• Ishlab chiqarish, savdo va xizmat kо‘rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan tashqariga olib chiqish;
• Turli davlatlarda shahobchalar, shu’ba va assosiasiyalangan kompaniyalarning katta tarmog‘ini shakllantirish
Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish
sharoitida tashqi va ichki invyestiцion oqimlarni boshqarish
• Kapitallar, ishchi kuchi, axborot kо‘chishi (transfyerti)ning
firma ichkarisidagi kanallarining kо‘pligi
Ishlab chiqarish quvvatlarini va servis markazlarini jahonning turli hududlariga bо‘lib-bо‘lib joylashtirish(diversifikasiyalash), bunday korporasiyalarga xalqaro mehnat taqsimoti shartlari va ichki milliy bozor xususiyatlaridan kelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta daromad olish imkoniyatini beradi.

Jahon xо‘jaligida rо‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasiga kо‘ra vujudga kelgan transmilliy korporasiyalar о‘ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida TMKlar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bо‘lib, uning rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Transmilliy korporasiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporasiya joylashgan davlatda bо‘layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bо‘ladi.