Shakl 1
Кириш (чиқиш) карточкасининг намунавий нусхаси
Immigratsion № kelish kartochkasi
xizmat
|
Barcha sayyohat qiluvchi shaxslarning yoshidan qat’iy nazar (pasport ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi)
|
1. Фамилияси Исми
|
2. Jinsi 3. Tug‘ilgan sanasi
Erkak Ayol kun__ oy_______ yil _____
|
4. Fuqaroligi 5. Mashg‘ulot turi
|
6. Бориб кўрадиган мамлакатдаги
турар жойи адреси _______________________________________
( уй, кўча, шаҳар)
|
7. Доимо яшайдиган мамлакат (уй адреси) ______________________________________
( уй, кўча, шаҳар)
|
8. Паспорт № ___________ Берилган жойи_________________________
Берилган санаси___________________________________________________
( ой, кун, йил)
|
9. Келувчи пасcажирлар учун
чиқиш пункти______________________________________
тўхташ пункти______________________________________
|
10. Боришнинг асосий мақсади (квадратларда мос белгини бажаринг):
Р езидентнинг қайтиши 5. Ишга алоқадор касбий мақсадлар
И ммиграция (меҳнатни қўшиб) 6. Даволаниш
Д ам олиш, рекреация ва таътил 7. Диний мақадлар (зиёратчилик)
Д ўстлар ва қариндошларга 8. Бошқалар _________________________
бориш _________________________________
|
Иммиграцион стутус
|
Хизмат учун белгилар
|
Эслатма: Карточка тўлиқ тўлдирилади, келиш ва кетиш саналарини ҳисобга олган
ҳолда туристларнинг мамлакатда бўлиш муддати
|
Kirish (chiqib ketish) kartochkasi turist boradigan joy, unda bo‘lishning davomiyligi (tunash miqdori), joylashishi haqida ma’lumotlarga ega emas. Shuning uchun chegarada hisobga olishdan tashqari, statistik kuzatuvning boshqa joylashish vositalariga kelishni qayd etish usuli qo‘llaniladi. U muvoffaqiyatli ravishda chegara statistikasini to‘ldiradi, ayrim mamlakatlarda esa uning o‘rnini bosadi. Otellarda va boshqa joylashish vositalarida statistik kuzatuvlar chog‘ida to‘planadigan ma’lumotlar mamlakat bo‘ylab keluvchilarni taqsimlash, xalqaro va ichki turistlarning istaklarini aniqlash joylashish tiplarini tanlash, mehmonxona bazalarining gavjumligini nazorat qilish imkonini beradi. Bu usul anchagina oddiy, lekin xodimlardan birlamchi hisob operatsiyalarini bajarishda xushyorlikni oshirish, intizomlik va sarishtalikni talab qiladi.
Turistlarga joylashish chog‘ida maxsus formadagi mehmon kartochkasi beriladi. Ular har bir tashrif buyuruvchi tomonidan alohida yoki tez-tez g‘arbda yo‘l qo‘yilganiday hamrohlik qilayotgan shaxslar soni ko‘rsatilgan holda faqat oila boshlig‘i tomonidan to‘ldiriladi.
Kartochkada ko‘rsatilgan grafalarni to‘ldirishdan tashqari bir qator otellarda ishbilarmon turistlardan kompaniya joylashgan manzilgoh, mehmonxona haqi to‘lovi turi (naqdmi, kredit kartochkasi yordamidami, pul o‘tkazish yo‘li bilanmi)ni aytish so‘raladi. Qayd etish shaklida oteldan foydalanishning asosiy qoidalari va ichki tartib, xususan yong‘in xavfsizligi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Mijoz imzosi unga berilgan ushbu ma’lumotlar – yashash qoidalari, xizmat haqlari, boshqa amaldagi tartiblar bilan tanishganini tasdiqlaydi. Mehmonxona kartochkalarining shakllari mamlakatlar bo‘yicha farq qiladi. BTT korxonalar bo‘yicha mehmonlarni joylashtirish, axborot bilan ta’minlashda xalqaro darajani bir xilligiga erishish uchun namunaviy shakllarini tuzdi (shakl 2).
Do'stlaringiz bilan baham: |