132
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, O'zbekiston tarixini o'quvchilar ongi va qalbiga
singdirishda ko'zlangan maqsadga erisha olganimiz yo'q. Haligacha mavjud eski qoliplardan to'la
chiqa olganimiz yo'q.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida “O'zbekiston tarixini” o'rgatish,
haqqoniy, ilmiy
isbotlangan tarixiy bilimlarni tinglovchilarga yetkazish, ularning bu sohadagi bilim va
malakalarini oshirish uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-
o'qituvchilarning quyidagilarga rioya etilishi talab etiladi:
- Sobiq sho'ro tuzumi davridagi kodifikatsiya qilingan “rasmiy tarix” ma'lumotlarini berish,
tarix faniga musta'bid tuzum kiritgan paradigmalaridan butunlay vos kechish;
- Sho'ro tuzumi davrida o'rnatilgan O'zbekiston tarixiga selektiv munosabatda bo'lish
(Kerakli
shaxslar, voqealar, davrlarni saralab olib, ular asosiga butun tarixni bayon qilish) dan
vos kechish;
- Haqqoniy, ilmiy isbotlangan, mafkuradan holi tarixni yoritish;
- Tariximizda buyuk hodisotlar qatorida tariximizning qora sahifalari ham borligini tahliliy
tushuntirib berish;
- O'zbek davlatchilik tarixini yorqin misollar bilan tushuntirish zarur. Negaki, o'zbek
davlatchiligining qadimiyligi, uning an'analaridan ko'plab xalqlar
foydalanganligi tarixdan
ma'lum. Umumiy o'rta ta'lim maktablari darsliklarida qadimgi davlatlar haqida ma'lumot
berilsada, o'zbek davlatchiligining jahon svilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi haqida
gapirilmaydi. O'zbek davlatchiligi tarixini mukammal yoritish uchun tarix fanlari doktori,
professor Azamat Ziyoning 2000 yilda nashr etilgan “O'zbek davlatchiligi tarixi” kitobidan
foydalanish yaxshi samara beradi;
- O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi, O'rta
Osiyoda etnognetik jarayonlar, etnomadaniy
rivojlanish masalalari ham yangicha tarixiy tafakkur asosida o'rgatilishi lozim. Bunda akademik
Ahmadali Asqarovning 2015 yilda nashr etilgan “O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi”
monografiyasidan foydalanish keng imkoniyat yaratadi;
- Qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari ham umumiy
o'rta ta'lim maktablari darsliklarida yetarlicha yoritilmagan. Bu masalani to'laroq yoritish uchun
A.Sagdullayevning “Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda” qo'llanmasidan foydalanish
mumkin; - XVII-XIX-asrlardagi iqtisodiy taraqqiyotdagi tanazzul sabablarini ochib berish lozim;
- Xonliklar davri tarixini o'rgatishda hukmdorlarning boshqaruv
jarayonidagi ijobiy va
salbiy jihatlarini qiyosiy tahlil asosida tushuntirish usulidan foydalanish lozim. Bunda tarix
fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning 2011-yilda nashr etilgan “Nasrullohhon”
tariximizni yangicha yondashuv asosida tahliliy o'rganilgan tadqiqotlar yordam beradi;
- Jadidlarning yurt taraqqiyoti uchun qo'shgan buyuk hissasini yanada kengroq yoritish
ham bugungi kunda» O'zbekiston tarixi»ni o'qitish oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir;
- Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan O'zbekiston teleradiokompaniyasining
«O'zbekiston tarixi» telekanalida berilayotgan ma'lumotlardan unumli
foydalanib borish ham
yaxshi natija beradi;
- Davlatimiz rahbari o'z vaqtida ta'kidlaganlaridek, tarix darslarida zamonamiz
qahramonlari haqida ma'lumot berish, o'quvchilarning yurt taqdiriga dahldorlik hissini
kuchaytirishga yordam beradi.
Malaka oshirish tizimida bu vazifalarni amalga oshirish, Yurtboshimiz O'zbekiston tarixini
o'qitish sifati va samaradorligini oshirish oldiga qo'yayotgan dolzarb vazifalarni bajarishga
xizmat qiladi. Buning uchun “Tarix fanini o'qitish metodikasi” modulini o'tish jarayonida
133
(ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda) innavotsion ta'lim texnologiyalaridan
unumli foydalangan
holda o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish talab etiladi.
“Tushunchalar tahlili”, “Xulosalash” (“Rezyume”), “Swot tahlil”, “Insert”, “Kichik
guruhlarda ishlash” va boshqa metod hamda texnologiyalaridan foydalanish orqali O'zbekiston
tarixini o'qitish sifati va samaradorligini oshirish borasida ko'zlangan maqsadga erishish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda “O'zbekiston tarixi” fanini o'qitish sifati va
samaradorligini zamon talablari darajasiga ko'tarishda berilgan tavsiya va maslahatlardan unumli
foydalanish orqali ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Bu vazifani bajarishda malaka
oshirish tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilardan yuksak bilim va malaka talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: