Umumiy tavsif Amerika qit’asi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo’linadi. Ba’zan Lotin Amerikasi atamasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar istilo qilgan edi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqanligiga nisbat berilib bu materik Lotin Amerikasi deb atalgan. Lekin Lotin Amerikasi Janubiy Amerikaga nisbatan keng tushuncha. Unga Janubiy Amerkadan tashqari Meksika (Shimoliy Amerikaning bir qismi) va Vest-Indiya ham kiradi (ilovaga qarang).
Shimoliy va Lotin Amerikasining taraqqiyoti bir xil darajada kechgani yo’q.Shimoliy Amerikada joylashgan AQSh dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo’lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi.Buning asosiy sababi Lotin Amerikasi davlatrini tashkil etgan hukumron doiralar va ularning vakili bo’lgan siyosiy arboblar kelib chiqishiga ko’ra ispaniya va portugaliyaliklar bo’ganligi bilan izohlanadi.
Ispaniya va Portugaliya bu davrda G’arbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlari edi.Bu ikki davlat jamiyati hayotida o’rta asr feadal tartiblarning homon saqlanib kelayotganligi buning asosiy sababi edi.
Lotin Amerikasi davlatlari hukmron doiralariaynan shu ikki davlatda hukm surayotgan o’rta asr feadal tartiblarni o’zlarida ham saqlab turganlar . Chunki, xuddi shu tartiblar ularga hokimiyatni o’z qo’llarida mustahkam saqlab turishning kafolati bo’lgan o’rta asr feudal tartiblarining saqlanib qolganligi Lotin Amerikasida ham jamyat taraqiyotining orqada qolishiga sabab bo’lgan.
Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlarning tashkil topish
Jarayoni 1870- yilga kelib , deyarli tuganlandi.
Argentina, Meksika, Chili, Urugvay, Veneseula va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya zulmiga qarshi izoq vaqt o’z mustaqilliklarini va feodal monarxiyani ag’darish tashlash uchun kurashdilar .
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko’pchiligida XIX asrning oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigida boshlangan edi . Ularning iqtisodiyotida kapitalistik munosabatlar
bilan bir qatorda , feodal munosabatlar , qulchilik qoldiqlari va hindularning soda urug’- qabilachilik jamoalari ham mavjud edi . Bu mamlakatlarning asriy qoloqligidan
Buyuk Britaniya , Fransiya AQSH , va Germaniya kabi buyuk davlatlarning monoplistlari foydalanib qoldilar . XIX asrning oxirlariga kelib , Lotin Amerikasi
mamlakatlari amalda Buyuk Britaniya va AQSH ning yarimmustamlakalariga aylanib qoldilar . Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizimning qaror topishi uzoq va o’ta mashaqqatli yo’ldan bordi . Bu mintaqaga eng ko’p kapital kiritgan davlat Buyuk Britaniya edi. Asosiy mablag’lar bandargohlarga , temiryo’llar qurilishiga , banklarga hamda tropik o’simliklarni o’stirishga va go’sht sanoatiga sarflanardi .
XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela boshladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |