Umumiy leksikologiya – leksikologiyaning barcha (yoki ko’pchilik) tillar lu²at
boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan
shug’ullanuvchi turi
Xususiy leksikologiya – leksikologiyaning muayyan bir til lug’at boyligi haqida
ma’lumot beruvchi turi.
Tavsifiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug’at boyligini shu til
leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan bog’lamay o’rganadigan leksikologiya.
Tarixiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning lug’at boyligini tarixiy taraqqiyot
jarayoni bilan bog’lab o’rganadigan leksikologiya.
Semasiologiya – leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog’liq masalalarni
o’rganuvchi soha.
Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish
prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha.
Etimologiya – tilshunoslikning so’z va morfemalarning kelib chiqishini
o’rganuvchi bo’limi.