1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа оrаliq xоtirа.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psi-xologiya fanida klassik (mumtoz) misolga aylanib qolgan ushbu holat-ni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir musiqa ishqibozi mu-siqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchray-diki, ular o‘zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqa-maydilar. Mazkur xotira turining g‘oyat katta ahamiyati shundan ibo-ratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qator-da har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tashkil qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda «boshdan boshlar», o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopishdagi xatti-harakatlar, badiiy gim-nastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jis-moniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror hara-kat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy ke-chinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalar-ning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshi-rilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shu-ning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosa-batlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalar-ni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xo-tira deb ataladi. Ular biz ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saklab turuvchi signal tarzi-da namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard (empa-tiya) bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr qahramonlari bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-tuyg‘u xotirasiga asoslanadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dina-mikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan kitoblardan, tomosha qil-gan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» bog‘la-nishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush ke-chinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuri-tilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, jamoaviy barqaror yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Om-maviy kayfiyat (shodlik, g‘am-g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, stress, shijoat singari kechinmalarni kel-tirib chiqaradi hamda ularni xotirada saqlanishga yordam beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajra-tib ko‘rsatiladi, biz ularning ayrimlariga tavsif beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |