Gumanitar va ijtimoiy fanlar


Fanning maqsad va vazifalari



Download 12,28 Mb.
bet5/63
Sana16.04.2022
Hajmi12,28 Mb.
#555795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
majmua 3semestr

Fanning maqsad va vazifalari

Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko‘p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetensiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetensiyalari)ni shakllantirishdan iborat.


Kompetensiya – kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig‘indisini ifodalaydi.
Chet tili kommunikativ kompetensiyasi – o‘rganilayotgan chet tilida so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o‘z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetensiyalarni rivojlantirish kiradi:
Lingvistik kompetensiya o‘rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)da qo‘llay bilishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy-lingvistik kompetensiya so‘zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy-madaniy kompetensiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetensiyasidir.
Ijtimoiy kompetensiya - ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. U hozirgi ko‘p madaniyatli dunyoda ta’lim oluvchilarda chet tilini o‘rganish muhimligi tushunchasi, chet tilida muloqot qilish, o‘z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo‘ladi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish