Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,36 Mb.
bet34/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:
Hokimiyatlar bo’linish prinsipi, huquqiy demokratik davlat, Prezident, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati,milliy parlament, Oliy Majlis, qonunchilik palatasi, senat, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, fuqarolik sudi, ma’muriy sud, jinoyat ishlari sudi, iqtisodiy sudlar, hokimlik, hokim, fuqarolik jamiyati, o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahalla fuqarolar yig’ini raisi,nodavlat notijorat tashkilotlar 
1. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi.

Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon sahnasida o‘z o‘rnimizni egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil-kesil tanlab oldik. Mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:

1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;

2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.

Jamiyatda qonuniylikning g‘alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Xususan, Konstitutsiyaning 11-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyiliga asoslanadi”, deb belgilab qo‘yilgan. Mazkur tamoyil davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi, ayni paytda, hokimiyatning suiste’mol qilinishiga chek qo‘yadi.

Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo‘llarini ko‘rsatib berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog‘liqligini uqtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki paytlardanoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarur degan fikrda yakdil edi. Ammo bir ijtimoiy tizimdan ikkinchisiga o‘tish sharoitida bu vazifa – murakkabgina bo‘lib qolmay, balki hayot-mamotni hal qiladigan darajada qiyin masala ham edi.

“Bosqichma-bosqichlilik” tamoyiliga amal qilgan islohotchi davlat ushbu jarayonni quyidagi bosqichlarda o‘tkazdi: O‘zSSR Oliy Sovetidan – mustaqil O‘zbekistonning Oliy Sovetiga, undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va yarimprofessional bir palatali parlamentdan – ikki palatali professional parlamentga. Birinchi bosqichda suverenitet asoslarini o‘rnatish, davlat va jamiyat qurilishi, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va ijtimoiy sohalarda muhim qonunlar qabul qilish kerak edi. Parlamentarizm saboqlarini o‘zlashtirish, bunda nafaqat parlament sub’ektlari, balki butun jamiyat bu saboqlarni o‘zlashtirmog‘i kerak edi. Gap shundaki, parlament degan so‘zning o‘zi mustaqillik qo‘lga kiritilgunicha O‘zbekistonda ishlatilmas edi.

Parlamentarizmning sovet davri tarixida parlamentga taqlidan organlar tashkil qilib, ularning faoliyatida sovet-kommunistik davlatchiligining barcha ikir-chikirlari aks etardi. Totalitarizm sharoitida parlament qanday ishlaganligi haqida shu kungacha jild-jild ilmiy va publitsistik asarlar yozilgan. Sovet parlamentarizmi faoliyatida ajralib turgan jihat shundan iborat ediki, unda eng asosiy narsa – parlament mohiyatiga mos keladigan faoliyat, ya’ni demokratizm, mustaqillik, qonunchilik va vakolatli hokimiyatlarning real belgilari va hokazolardan asar ham yo‘q edi.

O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar, ikkinchisi: 1995-2004 yillar va uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish