Gumanitar fanlar axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 3,25 Mb.
bet7/105
Sana12.12.2022
Hajmi3,25 Mb.
#884145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi majmua

3-masala:
O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bolgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.
Oliy Kengash sessiyasi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1. Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2. 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qatiy belgilab qo’yildi.
«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun goyat katta ahamiyatga ega bo’lib, bu qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga kora bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitusiya rolini ham oynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: «O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpogiston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib quyildi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qolga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mazkur Qonunga O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrda bo’lib otgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
1. «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitusiyaviy maqom berilsin.
2. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitusiyasi moddalariga «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin», - deb belgilab qo’yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, royobga chiqdi. Uzoq yillar davom yetgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixida yangi davr - milliy istiqlol davri boshlandi. O’zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
Umumxalq referendumi O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991-yilning 18-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi «O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasining referendumi o’tkazilsin.
2. Referendumda ovo’z berish byulleteniga masala quyidagi tartibda kiritilsin: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maqullaysizmi!»
Referendumga katta tayyorgarlik ko’rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 1991-yil 29-dekabr kuni bo’lib o’tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1% qatnashdi. Ularning 98,2% referendumda qo’yilgan savolni maqullab ovo’z berdi. Demak, O’zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan maqullandi. Shuni takidlash lo’zimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan otdi. Buni referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
Islom Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti: O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi Prezidentlik respublika boshqaruvi shakli rivojlantirishga kirishildi. Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18 noyabndagi VIII sessiyasida umumxalq referendumini o’tkazish qarori bilan birga «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonuni, shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to’g’risida» qaror qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko’rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavo’zimga ikki nomzod - O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo’yildi.
1991-yil 29-dekabrda bo’lib otgan saylovlar yakuniga kora 8 million 514 ming 136 ovo’z yoki ovo’z berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovo’z berdi.
1991-yil 30-dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abduganiyevich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavo’zimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovo’z berish yo’li bilan o’tkazilgan togridan togri umumiy va altemativ asosdagi saylovda I.A.Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bolgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi.
1995-yil 26-martda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovo’z berish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 99,3% ishtirok etdi.
«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz ro’zimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi yoki ovo’z berishda qatnashganlarning 99,6% ijobiy javob berdi.
Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq kopchiligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolat muddatini 2000 yilgacha uzaytirishni maqulladilar va referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo’lib o’tgan XV sessiyasi I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999-yil oxirlarida tugashini e’tiborga olib, 2000-yil 9-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug’aniyevich Karimovni hamda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro’yxatga oldi, yashirin ovo’z berish byulleteniga kiritdi. 2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda ro’yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovo’z berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abduganiyevich Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavo’zimiga saylanganligi to’g’risida qaror qabul qildi. I.A. Karimovning ikkinchi bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.Malumki, 2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda uning asosida O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga kora O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaga o’zgarishlar kiritildi.
2007-yil 23-dekabrida muqobillik asosida otgan saylov natijalariga kora, I.A.Karimov 7-yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. .Bu uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumhalq tomonidan maqullanishi va qollab-quvvatlanishi,mamlakat barcha aholisining unga bolgan tola ishonchidan guvohlik beradi.O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvida mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishida va jahon hamjamiyatida obru-e’tiborining ortib borishida I.Karimovning hissasi kattadir.
Xulosa
• Istiqlol yillarida mustaqillik,hurriyat degan so’zlar butun jo’zibasi bilan birga beqiyos qudratni, buyuk o’zgartiruvchilik mojizasini korsatdi.
• Mustaqillik sharofati bilan o’zbek halqi dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu kohna olamda Shoro tizimidan boshqa adolatli tizimlar ham borligini,kommunistik mafkuradan bolak zgu goyalar ham borligini,inson qadri-qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.
• Mustaqillik yillarida ona Vatanimiz – O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qoshildi.Dunyodagi yirik rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi, O’zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.O’zbekiston halqaro muammolarni hal etishdagi qatiy siyosati va amaliy faoliyati bilan halqaro maydonda obro-etibor qo’zonmoqda.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish