Meteorologiya so‘zining o‘zi qadimgi grek tilida «meteor»-osmon hodisasi, «logos»-o‘rganish, bilish degan ma’noni bildiradi. Meteorologiya-ning kattagina bo‘limi alohida fan sifatida iqlimshunoslik nomini olgan. Yer sharining turli tuman mintaqalaridagi iqlimni o‘rganadigan fanni iqlimshunoslik deyiladi. Meteorologiya fani havo tarkibi, zichligi, bosimi, harorati va namligi, nurlanish energiyasi va uning aylanishlari, bulutlar, yog‘inlar, atmosferada havo massalarining vujudga kelishi va ko‘chishi (harakati), dovullar, qora sovuqlar, shamollar, qurg‘oqchilik va boshqa juda ko‘p atmosfera holatini xarakterlaydigan kattaliklar va hodisalarni quruqlik hamda Dunyo okeani sirti bilan o‘zaro bog‘lab o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |