9-jadval
Insonning iflos suv iste’mol qilish oqibatlari
Iste’mol turi
|
Ifloslovchi
|
Kasallik
|
Biologik
|
Ichimlik va ovqat
|
Patogen bakteriyalar
|
vabo, dizenteriya, qorin tifi, leptospiroz, tulare-miya
|
Viruslar
|
Infetsion gepatit
|
Parazitlar
|
Amyoba dizenteriyasi, gelmintoz, exinokoz
|
Yuvinish, kir yuvish
|
Parazitlar
|
Shestosomiazis, dermatit, strongiloidoz
|
Suv havzalariga yaqinida bo‘lish yoki yashash
|
Tarqatuvchi hasharotlar orqali
|
Malyariya, sariq bezgak, uyqu kasalligi, filaritoz
|
Kimyoviy
|
Ichimlik va ovqat
|
Nitratlar
|
metagemoglobinemiya
|
Ftor birikmalari
|
Endemik fluoroz
|
Mishyak
|
intoksikatsiya
|
Selen
|
Selenoz,intoksikatsiya
|
Qo‘rg‘oshin
|
intoksikatsiya
|
Polisiklik xushbo‘y uglevodorodlar
|
Rak
|
O‘ta yumshoq suv
|
Ateroskleroz,gipertoniya
|
Xrom
|
intoksikatsiya
|
Nikel
|
Teri allergiyasi, ko‘z muguz pardasining ken-gayishi
|
Mis
|
Asab tizimining buzilishi
|
Fenol
|
Zaharlanish
|
Ftor inson organizmiga 10-80 foizgacha suv orqali tushadi. Bir litr suv tarkibida ftor miqdori 2-8 mg ga yetsa, kishilar tishi emalida va suyaklarda o‘zgarish paydo bo‘ladi, bu kasallik flurooz deb ataladi. Agar ftor 1 litr suvda 10 mg ni tashkil etsa va kishilar bu suvdan 8-10 yil mobaynida muttasil iste’mol qilsalar, umuman ishga yaroqsiz bo‘lib qoladilar. Lekin suvda ftor miqdorini kamligi ham kariyes kasalligini keltirib chiqaradi. Davlat standartida 4 iqlim mintaqalarida 1 litr suvdagi ftor miqdori 0,7-1,5 mg deb qabul qilingan. Shuning uchun ftor yetishmaydigan mintaqalarni ichimlik suviga ftor qo‘shib beriladi. Masalan: Murmansk, Manchegoorsk, Zelinodolsk shaharlarida.
Kaliy, kalsiy, magniy elementlarining suvda ortiqcha miqdorda bo‘lishi suvni qattiqlashib borishiga sababchi bo‘ladi. Bunday suvdan doimiy iste’mol qilish suyaklarni mo‘rtlashishiga, buyrak va o‘t qoplarida tosh paydo bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi paytda ifloslangan oqar suvlarni tozalash quyidagi usullarda bajariladi: Mexanik, kimyoviy, elektroliz va biologik. Yuqorida qayd etilganidek, suvlarning ifloslanishida bakterial ifloslanish ham farqlanadi. Shu bois bu xil ifloslanishni tugatish uchun suvlarni zararsizlantirilidi, ya’ni dezinfeksiya qilinadi .
Mexanik tozalash usuli. By usulda suvlarda erimaydigan aralashmalar mexanik qurilmalar yordamida ushlanib qolinadi.
Buning uchun panjaralardan to’rsimon moslamalardan hamda suzgichlardan foydalaniladi. Suvlar maxsus joylarda tindiriladi va bunda og’ir zarrachalar cho’kadi, yengillari esa suv yuzasiga qalqib chiqib qoladi.
Oqova suvlarni mexanik usullar bilan tozalash tozalanuvchi suv tarkibidagi erimagan mineral va organik aralashmalarni ajratib olishda qo’llaniladi.
Mexanik tozalashning tadbiq etilishi, odatda, sanoat oqova suvlarini fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik, shuningdek, termik usullaridan birini qo’llab yuqori darajada tozalashga erishish uchun bo’ladigan tayyorgarchilikdan iboratdir.
Bunday tozalash oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalarni 90-95% gacha ajratib olishda va organik ifloslanishni (BPKto’liq) ko’rsatkichi bo’yicha 20-25% gacha kamaytirishni ta’minlaydi.
Hozirgi zamon suvni tozalovchi inshootlarida mexanik usul bilan tozalashda turlicha kattalikka ega bo’lgan panjaralar yordamida suzib olish, qum tutgich, tindirish va filtrlash jarayonlaridan tashkil topgan. Bunday inshootlarning hajmiy kattaliklari va ularning turlari asosan oqova suvlarning miqdori, tarkibi va xossalariga, shuningdek suvga keyingi ishlov berish jarayonlariga bog’liq bo’ladi.
Oqova suvlarni yanada to’liqroq tindirish jarayonini filtrlash orqali, ya’ni suvni turli xildagi donador materiallar (kvarsli qum, granitli shag’al, cho’yan quyuv ishlarida hosil bo’luvchi shlaklar va boshqalar) qavatidan yoki to’rsimon barabanli filtrlar yoki mikrofiltr orqali, katta quvvatga ega bo’lgan bosimli filtrlar va penopoliuretanli yoki penoplastli suzib yuruvchi filtrlar yordamida amalga oshiriladi. Ko’rsatib o’tilgan jarayonlarning ustunligi tozalanuvchi suvni kimyoviy moddalarni qo’llamasdan tozalash imkoniyati mumkinligidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |