Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi



Download 1,58 Mb.
bet33/84
Sana13.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#787173
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
Shahar sanoat majmua

Shovqin. Urbanizatsiyaning inson salomatligi yomonlashuviga o‘ta ta’sirli omillaridan biri shovqin-surondir. Uning asosiy manbai transport(avtomobil, temir yo‘l, havo transporti) sanoat va maishiy korxonalar hamda qurilish texnikasidir. Inson umuman shovqinsiz muhitda yashashi mumkin emas. Ammo shovqin kuchi ortishi kishi salomatligiga salbiy ta’sir etadi.
Shovqin fizik ifloslanishning bir turi bo‘lib, inson unga ko‘nika olmaydi. Shovqin odamning qulog‘iga, markaziy asab tuzimiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tez toliqishi, bosh og‘rig‘i kabilarni keltirib chiqaradi. Shovqin kuchi detsibel(db)da o‘lchanadi. Uning 0-50 db bo‘lishi insonga yoqimli ovoz sifatida ta’sir etadi (daraxt barglarining shitirlashi, mayin musiqa ovozi), 60-90db shovqin yoqimsiz (baqirib gapirish, yozuv mashinkalari xonasidagi tovush), 100-120 db kuchdagi shovqin zarali(yuk mashinasi, jaz musiqasi), shovqin kuchining 130-200 db bo‘lishi havfli hisoblanadi (reaktiv samolyot, artilleriyaning to‘p otish vaqtidagi tovushlar). Shovqin kuchining ruxsat etilgan me’yori(REM) 80 db, eng yuqori chegarasi 110 db. Hozirda shovqin kuchi yirik shaharlarda me’yordan 10-20 db ga ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig‘i shovqindan shikoyat qiladilar(3-jadval). Germaniya aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aholining 69 foizi transport, 21foizi qo‘ni-qo‘shnilar va bolalar shovqinidan, 8 foizi ish joylaridagi, 2 foizi boshqa turdagi shovqin manbalaridan shikoyatlanishi ma’lum bo‘lgan.
Olimlar ko‘chadagi 55 detsibel kuchdagi shovqin xonada aqliy ish faoliyati, 35 dV va shovqindan uyqu buzilishi mumkinligini e’tirof etganlar.
O‘quvchilarda 65 dV kuchdagi shovqin 12-15foiz dan ko‘p xatolar qilishlar, hatto ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Yirik shaharlardagi shovqin, maktablarga 85 dV va undan ortiq kuchda tarqaladi.


Turli omillar shovqini



Quroldan o‘q otish

170

Kosmik raketaning ko‘tarilishi

150

Samolyotning havoga ko‘tarilishi,25m

140

Chaqmoq

130

Og‘ir yuk mashinasi

100

Yengil avtomobil

70

Qishloq joy

30

Pichirlab gapirish, 1m

20

Shamol yo‘q paytida qish havosi

0

Shovqin butun organizmga ta’sir qilishi haqida yangi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Shovqin omili qon bosimi ko‘tarilishiga sababchi bo‘lar ekan. Bundan chiqadiki, stenokardiya va oshqozon ichak kasalliklarini kelib chiqishiga shovqinning roli katta ekanlini aniqlandi.


Hozirgi vaqtda shovqinga qarshi kurashishga juda e’tibor berilmoqda. Gigiyenistlar bilan birgalikda shovqinning odamga salbiy ta’sirlarni arxitektorlar, quruvchilar, temir yo‘l xodimlari, aloqa xizmatchilari, shuningdek turli ishlab chiqarishdagi va maishiy turmushdagi mutaxassislar o‘rganilmoqda.
Shovqin ruxsat etiladigan me’yoriy kuchi davlat standartlari ishlab chiqilgan. Binolarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda 45 detsibeldan oshmasligi kerak. Shahar ko‘chalari 55 dV, ishlab chiqarish korxonalari 70-80 dV.
Yirik shaharlarda-maxsus shovqin xaritalari tuzilgan bo‘lib shovqinga qarshi kurashishga yordam beradi.
Shovqin o‘simlik va xayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, konsert zallaridagi shovqin ta’sirida xayvonlar qonidagi xolesterin normadan ortib ketgan.
Jimjitlik - dam oli uchun muhim sharoitdir. Jimjitlik saqlash uchun harakat qilish zarur. Jimjitlikka moslashishni
Bir xil tovushlarni, chunonchi dengiz qirg‘og‘ining suv sachratishi, qushlarning yoqimli nag‘malari, o‘rmonlardagi daraxt barglarining shitirlashi, yomg‘ir tomchilarining chak-chaki, jilg‘alarning jildirashini jonu-dildan tinglaymiz, baxru dilimiz ochilib, ko‘nglimio‘, butun vujudimiz orom oladi.
Agar bu yoqimli ovozlar odamzot paydo bo‘lgandan buyon irsiy xotiraga singib hayotiy yo‘ldosh bo‘lib qolgan bo‘lsa, zamonaviy texnikani temir jangobi hali-hali ruhiyatimiz, sog‘ligimizga yot bo‘lib qolaveradi.
Hech kimni bezovta qilmagan holda,musiqa tinglash va o‘ynash mumkin. Ha, qadrli o‘quvchi, dehqonchilikda, turmushda shovqinga qarshi kurash olib borishimiz foydadan holi emas.
Biz kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar, har birimiz jamiyatning qonun-qoidalarini ado etishimiz –osoyishtalikni saqlashimiz lozim.



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish