Geostrategik mintaqa jaxon siyosiy makonining bir qismi bulib, u o’ziga xos hududga, savdo va madaniy – mafkuraviy aloqalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Geostrategik mintaqa esa geostrategik mintaqaning bir qismi bulib, maydoni uncha katta bo’lmasa ham, siyosiy, iqtisodiy va savdo aloqalarining yuqori darajadagi sur’ati bilan ajralib turadi (Evropa, Amerika, Xitoy, Janubi Sharqiy Osiyo va boshqalar). Geosiyosiy mintaqa o’z navbatida davlatlar chegaralari bilan mos tushuvchi siyosiy rayonlarga bulinadi. Siyosiy rayonning eng muxim xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon o’ziga xos shakl va o’lchamlariga ega.
Davlat chegaralarining barpo qilinishi va rasmiylashtirilishi milliy davlatning shakllanishi va rivojlanishi davrida amalga oshiriladi. Chegaralar ular o’rab turgan «Millat-davlat» makonining geosiyosiy rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari, tabiiy va sun’iy chegaralar mavjud. Tabiiy chegaralarga tog’lar, daryolar dengiz va ko’l akvatoriyalari kiradi. Sun’iy chegaralar quruklikda ham, suvda ham aniq tabiiy ob’ekt bo’lmagan joylarda o’tkaziladi. Bunda geografik kenglik va uzunlik elementlari bo’lgan parallellar va meridianlar hisobga olinadi. Masalan, AQSh va Kanada o’rtasidagi davlat chegarasi 49 parallellar buyicha 1450 km ga cho’zilgan. Sun’iy chegaralar davlatlarning o’zaro kelishuvlari asosida o’tkaziladi va tasdiqlanadi.
Geosiyosatda tabiiy chegaralarga ko’proq e’tibor beriladi. Dengiz chegaralari eng qulay chegara xisoblanadi. Mashxur olim F. Fatsel «Qirg’oq bizlarga qo’shni sifatida tabiatni in’om etdi va bu qo’shni har qanday do’stona davlatdan afzaldir», - degan edi. Dengiz chegaralari boshqa davlatlar bilan aloqa o’rnatishga katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi ortgan sari ortib boradi.
Chegara siyosiy, mudofaa va harbiy strategik vazifalarni bajaradi. Har qanday chegara chegaraoldi hududlariga ega. Ayrim hollarda bunday hududlar «bufer davlat»larga aylantiriladi. «Bufer davlatlar» odatda kichik mamlakat bulib, u ikkita kuchli davlatni turli xil kutilmagan hatti – harakatlardan saqlab turadi. Evropada Reyn daryosining quyi qismi Shveytsariyadagi tog’ dovonlari, Niderlandiya, Shveytsariya va Belgiya hududlari shunday hududlar qatoriga kiritiladi. Chunki ular Germaniya va Frantsiya o’rtasida «bufer davlat » vazifasini Afg’oniston bajargan.
Bir necha «bufer davlvtlar» bufer zonalarni hosil qilishi mumkin. Birinchi jahon urushi davrida Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Polsha, Eron, Afg’oniston, Koreya kabi davlatlar ana shunday «bufer zona»lar Germaniya va sobiq ittifoq tomonidan bo’lib olingan (Sudet viloyati, Polsha, G’arbiy Ukraina, G’arbiy Belorus va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |