222-masala*. Makkajo‘xori o‘simligining ayrim navlarida albinos o‘simliklar (aa) 0,0025 chastota bilan uchraydi. A va a allellarning hamda AA va Aa genotiplarning uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
Masalaning echilishi:
b u masalada berilgan populyasiyada aa genotipli (q2) individlarning chastotalarini bilgan holda, a genining (q) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 = 0,0025; a = q =√ q2 =√0,0025 = 0,05
p + q = 1 formulasidan foydalanib, A genining (p) uchrash chastotasini topamiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95
AA genotipning chastotasi AA = p2 = 0,952 = 0,9025
Aa genotipning chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095
Populyasiya 90,25% AA genotipli, 9,5% Aa genotipli va 0,25% aa genotipli o‘simliklardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |