Gaznachilikda davlat kafolatlarini ta'minlash



Download 25,38 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi25,38 Kb.
#457470
Bog'liq
GAZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA\'MINLASH


GAZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA'MINLASH
Reja:



  1. G 'aznachilik sharoitida davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish.

  2. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag* jalb qilish yobnalishlari.

  3. Davlat qarzlari va kafolatlarini boshqarishda g'aznachilik faoliyati.


1. G 'aznachilik sharoitida davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish


Respublika hukumati boshlangan iqtisodiy islohotlami davom ettirib, davlat budjeti taqcliilligi hajmini va inflyatsiya sur’atiarini pasaytirish, sanoat ishlab chiqarishni va eksport hajmini, aholini real daromadlarini oshirish siyosatini yuritmoqda. Davlat o‘z xarajatlarini soliqlar va soliqsiz daromadlar yordamida moliyalashtiradi, ammo budjetda taqchillik mavjud bo‘lganda, hukumat qarzlar olishga ham majbur bo‘ladi. Ko‘pchilik holatlarda, kerakli mablag‘lar bilvosita yo‘llar bilan, ya’ni inflyatsion soliqlar yordamida yig'iladi. Inflyatsion soliqlar deganda hukumatning tovarlar va xizmatlarni sotib olishi uchun zam r mablag‘larni to ‘plash, budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun pul taklifini oshirish yo‘li bilan aholining pul mablag‘larini bilvosita olishi tushuniladi. Bu usul haqiqatda davlat tomonidan aholini soliqqa tortish bo‘lib, bunda aholining haqiqiy daromadlari qisqaradi. Davlatning bu usuli orqali oladigan daromadlarining ham m a’lum chegarasi bo‘lib, haddan ortiq pul taklifi giperinflyatsiyaga olib keladi. Bunday sharoitda tovarlar va xizmatlar uchun toMovIarni amalga oshirishda pul belgilariga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi natijasida iqtisodiyot tanazzulga yuz tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish uchta yirik guruhga bo‘lib aks ettiriladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali va qarzli moliyalashtirish usuli bilan birga, yana bir noinllyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning m a’lum qismi moliyalashtiriladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning har qaysi holatini iqtisodiyotga ta’siri bir xil bo‘lmaydi, shuning uchun manbalami tahlil qilish va har bir manbani alohida ko‘rib chiqishni taqozo ctadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zamr bo‘lgan pul mablag'larini moliya bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Davlat qarzlari - davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari bo‘ladi va bozorda erkin aylanishi mumkin bo‘ladi. Davlat qarzdorliklari ikkita vazifani bajaradi: davlat g‘aznasiga pul mablag‘larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish. Amerikalik iqtisodclii olim Linvud Gaygeming tlkricha, qaiY hisobiga taqchillikni moliyalashtirish iqtisodiyotga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi: pul massasini qisqartiradi va foiz stavkasi darajasini ko‘taradi, shunga bog‘liq holda bir tomondan xususiy investitsiyalar darajasini pasayishini keltirib chiqaradi (siqib chiqarish omili), tashqi savdo balansini yomonlashtiradi, boshqa tomondan inflyatsiya bosimini pasaytiradi, milliy valyuta kursini ko'taradi, saqlab qo‘yilgan mablagflarni ishlatadi. Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun ichki va tashqi qarzlardan foydalanish mumkin.

0‘zbekiston Respublikasi amaliyotida ichki manbalar — Markaziy bank kreditlari, davlat qog‘ozlarini joylashtirishdan olinadigan mablag‘lar va boshqa manbalar boflishi mumkin. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishda qarzli moliyalashtirish noinflyatsion manba hisoblanadi. Davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Davlatning qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarishning asosiy shart-sharoitlari», «Davlatning qimmatli qog‘ozlarini muomalada boflishi va xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risida»gi Nizom va boshqa m e’yoriy huijatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tashqi qarzlar tarkibining yaxshilanib borishi, ()‘zbekistonning maxsus xalqaro kredit tashkilotlari oldidagi kredit reytingini oshiradi. Tashqi qarzlar tarkibi quyidagilardan iborat: > xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari; > chet mamlakatlar hukumatlarining kreditlari; chet el tijorat banklari va firmalarining kreditlari; > budjetning chet el valyutasidagi hisob raqamlarining banklardagi qoldig‘ining o‘zgarishi; > boshqa tashqi moliyalashtirish turlari. Dunyo amaliyotida davlat tomonidan pul resurslarini qarz olishni amalga oshirishning bir nechta maqsadlari bo‘ladi. Ko‘pincha davlat xarajatlarini moliyalashtirishni soliqlar va soliqsiz tushumlardan vaqtinchalik undirilmagan miqdorini qoplash maqsadida hamda majburiyatlami ko‘paytirish bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida qarz olinadi. Davlat tomonidan davlat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida olingan qarzlar investitsiya va taqchillik xarajatlariga bo‘linadi. Tashqi qarzlar orqali moliyalashtirish mamlakat uchun zam r mablagNarni tashqi manbalardan jalb qilishni nazarda tutadi va bu kapital yetishmovchiligi kabi muammoni hal qilish imkonini beradi. Tashqi qarzlar evaziga ishlab chiqarish quwatlarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlaydi, xalqa-ro tashkilotlardan past foizlar evaziga olingan qarzlar ichki iq-tisodiy va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilaydi, ijtimoiy tanglikni yumshatishga ta’sir etadi. Tashqi qarzlar orqali budjet taqchilligini moliyalashtirishning ijobiy tomonlari bilan birgalikda, milliy iqtisodiyotga jiddiy salbiy ta’sirini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Tashqi qarzlar bo'yicha foiz to ‘lovlarining ortishi bilan budjetda bu qarzlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu turdagi xarajatlaming ortishi budjet taqchilligini ortishiga olib keluvchi jiddiy omilga aylanishi bilan, tashqi qarzlar va taqchillik bir-birini keltirib chiqaruvchi o‘zaro bog'liq muammo sifatida yondashishni talab etadi. Ikkinchidan, mamlakat milliy boyligining m a’lum qismini chet ellik fuqaro va firmalar qoNiga o‘tib ketishiga olib keladi. Iqtisodchilarning fikricha, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini pasaytirib, iqtisodiy o‘sishni cheklaydi. Mamlakat xarajatlarini qarzlar evaziga moliyalashtirishda, bu qarzli mablag‘larni qaysi yo‘nalishlarga sarflanayotganligini jiddiy tahlil qilish lozim. Qarzlarning inson kapitali va ishlab chiqarishga investitsiyalash ijobiy natijalar beradi, ammo olingan qarzlarning samarasiz sohalarga jalb qilinishi iqtisodiy tanazzulga va chet mamlakatlarga qaramlikka olib keladi. 0 ‘zbekiston Respublikasida tashqi qarzlardan foydalanishda, asosan, bu qarzlarni investitsiya yo‘nalishlarida sarflanayotganligi diqqatga sazovordir. Davlat qarzi — bu ma’lum vaqtga foizlar hisoblanadigan va belgilangan muddatda qoplanadigan davlat zayomlarining umumiy summasidir. Davlatning iehki qarzi yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi mamlakat milliy valyutasida hisoblangan 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarz majburiyatlaridir. Davlat krediti, davlat zayomlari, hukumat nomidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar qarz majburiyatlari hisoblanadi. Davlatning tashqi qarzi qoplanmagan va unga foizlar to‘lanmagan qarzlardir. 0 ‘zbekislon Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, Davlat budjetining taqchilligini yoki uning bir qismini mahalliy yoki xalqaro moliya bozorlaridan olgan qarz majburiyatlari hisobiga yoki davlatning moliyaviy instrumenti - emissiya hisobiga moliyalashtirish huquqi mavjud. Davlatning ichki qarzi quyidagi shaklda ko‘rinadi: ❖ hukumat tomonidan olinadigan kreditlar; ❖ mamlakat nomidan chiqariladigan qimmatli qog'ozlar; ❖ hukumat tomonidan kafolatlangan boshqa qarz majburiyatlari. Davlatning ichki qarzlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Markaziy bank o‘rtasidagi, 0 ‘zbekiston hukumati bilan mahalliy hokimiyat idoralari o‘rtasidagi mulkiy-pul munosabatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Markaziy bank o’rtasida davlat qarzlari yuzasidan vujudga keladigan o‘zaro aloqalarning asoslari ko‘rsatib berilgan.Bu munosabatlarda har doim ikki taraf — davlat va qarz beruv-chilar ishtirok etadilar. Davlat bu munosabatlarda bevosita yoki o‘zining vakolatli idoralari orqah qatnashadi. Qarz beruvchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qatnashishi mumkin. 259 Kredit munosabatlari da davlat qarz oluvchi bo‘lib qatnashadi, ammo kredit shartlari, muddati, foizlari, qaytarilishi, o‘zgartilishi tartiblarini uning o‘zi belgilaydi hamda qarz bemvchilar bu shartlarni bajarishlari lozim bo‘ladi.Markaziy bank hukumatga qarz berish uchun o‘z moliyaviy mablag‘- laridan, tijorat banklari va boshqa kredit muassasalarining jalb etilgan mablag‘laridan hamda belgilangan mezonlar bo‘yicha Markaziy bank depozitiga o'tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan, maxsus kelishuvga ko‘ra Xalq bankiga jalb etilgan aholi jam g‘armalaridan foydalanishi mumkin. Davlat daromadlari va xarajatlari o‘rtasida katta farq bo‘lgan sharoitda davlat qarz majburiyatlari bilan aholining hamda yuridik shaxslaming omonatlaridan samarali ravishda foydalana bilish o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. ()‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan budjet taqchilligi o‘rnini qoplash maqsadida kredit olinishi mumkinligi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank to‘gbrisidagi qonunning 48-moddasida ko‘rsatilishicha, kreditlar Hukum atga 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, erkin muomalada bo‘ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati toManadigan qarz majburiyatlari ko‘rinishida, tasdiqlangan davlat qimmatli qog‘ozlari garovga qo‘yilish sharti bilan beriladi. Davlat qarzlarining ikkinchi shakli bu davlat zayomlaridir. Davlat zayomlari deganda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirish yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar ko‘zda tutiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat zayomlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi «Qimmatli qog‘ozlar va fond biijalari to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan. Qonunga ko‘ra quyidagilar qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi: aksiyalar, obligatsiyalar, g‘azna majburiyatlari, veksellar va depozit sertilikatlari. Davlat qimmatli qog‘ozlari sotilishidan tushgan mablag‘lardan belgilangan davlat ehtiyojlari yo‘lida foydalaniladi.
2. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag* jalb qilish yobnalishlari
0‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi esa davlat ichki zayomlarini, ularni joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. davlat ichki zayomlarini belgilangan tartibda muomalaga chiqarish, ularning hajmi va qoplanish tartiblarini aniqlash ishlarini amalga oshiradi. Davlat qarzlarining uchinchi shakli hukumat tomonidan kafolatlangan qarz majburiyatlaridir. Qarz majburiyatlari har qanday ko‘rinishdagi qimmatli qog'ozlar tarzida muomalaga chiqarilishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida davlat qarzi-davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag1 jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi, deb ta’rif beriladi. Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi davlatning ichki qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan 0 ‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi davlatning tashqi qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish - aktivlami ichki manbalardan rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini-qarzlarini to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir. Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ni jalb qilish-aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini-qarzlarini to ‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunning Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish deb nomlangan 40-moddasida ta’kidlanishicha, OV.bckiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilinayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorini tasdiqlaydi. 14.2.1-jadval Davlat qarzlarini to ‘lash xarajatlari Nq Davlat qarzlarini toMash xarajatlari 1. Davlat tomonidan kafolatlangan qarzlarni qoplash uchun to'lovlar 2. Boshqa ichki kreditlar 3. Tashqi kreditlar va xorijiy kapitalda ishtirok etish 4. Xorijiy davlatlar boshqaruv organlari va xalqaro tashkilotlar kapitalini kreditlash, unda ishtirok etish 5. Qarzlarni to'lash 6. Ichki asosiy qarzni to‘lash 7. G 'azna veksellari bo'yicha qarzlarni to'lash 8. Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarni to‘lash 9. Bank kreditlarini to'lash 10. Boshqa kreditlami to'lash 11. Tashqi asosiy qarzni to'lash 12. Xalqaro tashkilotlar kreditlarini to'lash 13. Chet el boshqaruv organlari kreditlarini to'lash 14. Tijorat banklari kreditlarini to'lash 15. Mol yetkazib bemvchilar kreditlarini to'lash 16. Tashqi tovar kreditlarini to'lash 17. Boshqa tashqi qarz to'lovlari Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha mablag‘ jalb qilishlar to ‘g‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi. Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko‘rsatuvchi va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 262 1. Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalisWari, jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish. 2. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3. Mavjud qarzni qayta moliyalashtirish. 4. Budjet taqchilligini moliyalashtirish. 5. Tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag6 jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: Ф qisqa muddatli — bir yilgacha davrga, o‘rta muddatli bir yildan besh yilgacha davrga va uzoq muddatli-besh yildan ortiq davrga chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlari; ^ qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli kreditlar; # 0 ‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; Ф budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; # qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari. Rezident-yuridik shaxslaming majburiyatlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasining kafolatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslaming majburiyatlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolallar berish tartibi, shuningdek. kafolatlar berilganligi uchun uni oluvchidan haq olish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo'yicha to ‘lovlami o‘z vaqtida amalga oshirisliga hamda davlat tom onidan ichki va xorijdan mablag' jalb qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to'lovlami amalga oshirish uchun mablag'larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida Kafolat jamg‘armasi tuziladi. Kafolat jamg'armasi tashkil etish va undan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Davlat qarzlari va kafolatlarini boshqarishda g'aznachilik faoliyati Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti mexanizmi talablari asosida rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda gbaznachilikning u yoki bu modellari qo‘llanilmoqda. G ‘aznachilik tizimlarining turli davlatlarda rang-barangligiga qaramasdan, mazkur moliyaviy institutga umumlashtirilgan ta’rif berish mumkin. G baznachilik tizimidagi budjet tuzilmasida davlat resurslari va xarajatlari g‘aznachilik liisob raqamlarida jamlanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, g‘aznachilikda alohida manbalardan tushgan pul mablag‘lari maxsus yo‘nalishga ega bo‘ladi hamda muayyan yoki awaldan belgilangan xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi, yagona umumiy va bo‘linmas jam g‘arma tashkil qilinadi va undan barcha davlat xarajatlari uchun mablag‘lar olinadi. Ayni paytda davlat daromadlari va xarajatlarining yagonaligi barcha mablag‘laming bitta kassaga tushishi va undan barcha to‘lovlar amalga oshirilishidir. Amalda davlatga tushayotgan barcha pul mablag‘lari yagona, umumiy hisob raqamga kirim qilinadi va davlat undan amalga oshirayotgan barcha to ‘lovlari uchun yo‘nalishi va manzilidan qat'iy nazar, mablag1 ko‘chiradi. G ‘aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarini safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatini yaratadi, balki ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham - beradi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlangan moliya tizimini shakllantirishda davlat moliyaviy resurslarini malakali boshqarish va budjetni to‘xtovsiz ijro etish hamda budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan m ablaglarni maqsadli ishlatishni nazorat qilishni ta’minlaydi. G ‘aznachilik moliya tizimini boshqarish jarayonida bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin kamaytirishga turtki beradi. Xorij mamlakatlari amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo‘lgan AQSh, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlarda davlatga qarashli mablag‘lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo‘lgan G ‘aznachilikning yagona hisob raqamida to ‘planadi, davlat qarzlarini boshqarish g‘aznachilikka yuklatilgan. G ‘aznachilik departamenti muomalaga qimmatli qog‘ozlar chiqarishni. ularni hajmini, tarkibini va to blov muddatini nazorat qiladi va ularning tarkibiga bog‘liq barcha masalalarni echadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilik tizimi tarkibiy tuzilislii, huquqiy asoslari hamda bajaradigan vazifalari bilan turli mamlakatlarda turli xil ko‘rinishga ega. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik tasdiqlangan budjet asosida budjet tashkilotlariga faqat resurslar ajratish bilan cheklangan taqdirda, bu g‘aznachilikning roli sust bo‘lishi mumkin. Agar g‘aznachilikning roli faol bo‘l~ ganda xarajatlarni to‘lash. budjet majburiyatlarining limitlarni oldindan kobzda tutilgan mezonlar asosida belgilaydi. G ‘aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va nihoyat, g‘aznachilik bajarilgan hisobkitob operatsiyalari uchun javob beradi.Ba’zi mamlakatlarda g‘aznachilik davlat qarzi, qimmatbaho metallar va boshqa aktivlami boshqarish masalalariga javob bersa, boshqalarida u to ‘lovlami amalga oshirishdan avval nazorat ishlarini olib boradi, yana boshqalarida gbaznachilik budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishga va nashr qilishga javob beradigan boshqaruv organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Xorijiy mamlakatlarda g‘aznachilik organlari o ‘zlarining turli darajadagi budjetlar ijrosini ta'm inlash kabi asosiy funksiyalaridan tashqari, umuman davlat moliya tizimida faol rol o‘ynamoqda. Ular iqtisodiyot va davlat moliyasi sohasida universal vazifalarga ega o‘ziga xos davlat moliyaviy organlariga aylanib bormoqda. G ‘aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablagiariga ega bo‘lgani uchun banklararo kreditlar bozori hamda korxona va tashkilotlar uchun kredit resurslari sifatida ishlatilmoqda. Hisob raqamlardagi kassa qoldiqlarini ishlatib, g‘aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag‘larini depozitlar yoki qimmatli qog'ozlarga joylab, shu yo‘l bilan budjet uchun qo‘shimcha daromadlar jalb qilish uchun kapitallar bozorida qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida ishtirok etmoqda. G ‘aznachilik organlari davlatning moliyaviy aktivlarini, davlat tashkilotlarini qarzlarini qo‘shib, shuning265 dek, davlatning aktivlarini sotishdan tushgan daromadlarni boshqaradi. Bundan tashqari, g‘aznachilik davlat boshqaruvining mahalliy organlariga respublika hukumati tomonidan berilgan qarzlarni boshqaradi. G‘aznachilik tizimida moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob yuritiladi. G ‘aznachilikning bosh kilobidagi schyotlar rejasi tasnifiga muvofiq moliyaviy aktivlaming hisobi olib boriladi. Davlatning moliyaviy aktivlariga quyidagilar kiradi: о hukumatga va mahalliy hokimiyat organlariga qarashli korxonalaming. moliyaviy institutlarning va boshqa tijorat strukturalarining aksiyalari; о hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining korxona va tashkilotlarga, boshqa davlatlarga. xalqaro moliya institutlariga kreditlari; о hukumatning oltin valyuta rezervlari; о budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari. Mazkur tizim kreditlar qoplanish grafigini ifoda etishi kerak, kreditlami qoplashning grafigini shakllantirish va o^zgartirishda kerakli o‘zgarishlar kiritish mumkin. Shuningdek, bu tizim aksiyalarning bozor qiymati, almashtirish kursining va boshqa o ‘zgarishlardan kelib chiqqan holda, aktivlami qayta baholash imkonini berishi kerak. G ‘aznachilik hukumatning ichki va tashqi majburiyatlarining hisobini yuritadi. Shunga mos holda g‘aznachilikning bo‘limlari mahalliy hokimiyat organlarining majburiyatlarini hisobini yuritadi. Bu tizim barcha axborotlarni g‘aznachilik jamlash imkonini beradi. Hukumatning ichki qarzlariga Markaziy bank va tijorat banklarining kreditlari, davlatning muomaladagi qimmatli qog‘ozlari, korxonalarga va boshqa majburiyatlarga hukumat kafolatlari kiradi. Hukumatning tashqi qarzlariga xalqaro moliya institutlaridan, boshqa davlatlardan hukumatga kreditlar, chet el korxonalaridan va moliyaviy institutlardan qarz olishda hukumat kafolatlari kiradi. «Davlat moliyasini islohot qilish» loyihasi bo'yicha davlat mo-liyasini hisobini yuritish hisoblash usuli asosida olib borilishi kerak. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3-dekabrdagi 588-sonli Qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturda odam sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda har bir fuqaro sog`lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega ekani, qayd etilgan.
Jismoniy tarbiya va sport yoshlarning o`sishi, rivojlanishi, sog`lig`ining mustahkamlanishi, ish qobiliyatining oshishi, umri uzayishining muhim omilidir. Jismoniy tarbiya va sport trenerovkasi mashqlari – bu ijtimoiy-pedagogik jarayon bo`lib, unda asosiy vazifani pedagog, ya`ni jismoniy tarbiya o`qituvchi va trener bajaradi. Shuning bilan birga, bu jarayonlarning asosiy ob`yekti, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug`ullanuvchi yoshlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va trenerovka mashg`ulotlarining unumdorligi, ularni bajarish uslublari, vositalari har bir shug`ullanuvchi organizmining sog`lig`i, chiniqqanligi, funksional imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos bo`lishi bilan bog`liq. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga jismoniy mashqlar bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i va kelajak taqdiri ishonib topshiriladi. Shu bois, ular unutmasliklari lozimki, mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish uslublarida, mashg`ulot hajmi va tezligini belgilashda yo`l qo`yilgan har bir xato, mashg`ulot natijasining pasayishiga olib kelishi bilan birga, shug`ullanuvchilarning sog`lig`iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener – bu keng qamrovli, nihoyatda muhim va murakkab vazifani bajaruvchi pedagog hisoblanadi. Uning faoliyatida ma`naviy - axloqiy, sport – pedagogik, psixologik va sport tibbiyoti mutaxassisliklari bir - biri bilan uzviy bog`langan holda namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerni mutaxassis sifatida tayyorlashda tibbiy-biologik (odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, jismoniy tarbiya gigiyenasi) fanlar orasida, Sport tibbiyoti fani, asosiy o`rinni egallaydi. Bu fanni mukammal egallay olmagan jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini ilmiy asosda tashkil eta olmaydi. Eng muhimi shug`ullanuvchilarni ilmiy asosda chiniqtirish, ularda zo`riqish va shikastlanish holatlarining oldini olish uchun zarur bo`lgan bilimlarga ega bo`la olmaydi. Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, malakali jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlarini tayyorlashda Sport tibbiyoti fanining ahamiyati beqiyosdir.
Download 25,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish