3.3. Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar
faoliyati
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta‘lim ishini tabaqalashtirish
muammolarini keltirib chiqardi.
Ammo bu masala atrofida qarama-qarshi fikrlar mavjud. Yevropa Iqtisodiy
Hamjamiyatining e‘tirof etishicha, ta‘limda ijtimoiy tengsizlik kayfiyati hukm
surmoqda. Bunga pul to‘lab o‘qish, sinfda yoki kursda o‘quv kursini o‘zlashtira
olmay ikkinchi yilga qolib ketish, imtihonlarni o‘ta talabchanlik asosida o‘tkazish
sabab bo‘lmoqda.
50
Masalan, Fransiya boshlang‘ich maktablari o‘quvchilari hamda litsey
o‘quvchilarining ko‘pchiligi fanlarni o‘zlashtira olmay, takroriy o‘quv yiliga qolib
ketmoqda.
Ikkinchi yili o‘qishga ko‘p sonli imtihonlar ham sabab bo‘lmoqda. Bu
mamlakatning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida bolalar 650 ta imtihon va
topshiradi. Imtihonni topshira olmaslik o‘quvchilarning asab va ruhiy holatiga
qattiq ta‘sir o‘tkazadi. Bu noxush vaziyatlarni, hatto fojiali voqealar ro‘y berishiga
sabab bo‘lish hollari uchraydi. Bunday vaziyat shubhasiz, faqat ota - onalar
ichidagina emas, o‘qituvchilar orasida ham keskin noroziliklarga sabab bo‘lada.
Bunday sharoitda ta‘limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan.
Ularning ―ta‘limni tabaqalashtirish — kelajak strategiyasidir‖ shiori biz uchun
ham foydadan xoli emas.
Odatda o‘quvchilarni tabaqalashtirish chet davlatlar amaliyotida boshlang‘ich
ta‘lim kursidan keyin amalga oshiriladi.
Fransuz pedagoglari esa sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga ajratadi:
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo‘nalishda ish olib borsa
bo‘ladigan o‘quvchilar;
2. Yarim gomogen — tabiiy sikldagi fanlarni o‘zlashtira olishga moyil
o‘quvchilar;
3. Gegeron — barcha predmetlardan har xil saviyada o‘zlashtiriladigan
o‘quvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo‘nalishi to‘ldiruvchi ta‘limni
rivojlantirish bo‘lib qolmoqda.
To‘ldiruvchi maktablar paydo bo‘lishining sababi, AQSH va G‘arbiy
Yevropada o‘zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o‘quvchilarning ko‘payib
borayotganligi, ta‘lim sifatining tobora tushib borayotganligidadir.
AQSH davlat dalolatnomalaridan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ―mamlakat xavf
ostida‖ deb nomlangan (1983 yil). Unda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi
―o‘rtamiyonachilik‖ 70-80 foizni tashkil etayotganligi, funksional savodsizlik avj
olayotganligi bayon etilgan. Oily o‘quv yurtiga tayyorgarlik ko‘rish hamda
o‘qishga kirish uchun o‘quvchilar xotirani kuchaytiruvchi turli dori vositalaridan
foydalanayotganligi pedagoglarni tashvishga solmoqda. O‘quvchilarining reyting
ko‘rsatkichi nisbatan tushib bormoqda. Fransiyada har uch litseychidan biri
muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Ta‘limda ro‘y berayotgan buday salbiy
holatlarni bartaraf etish to‘ldiruvchi ta‘lim zimmasiga tushadi.
To‘ldiruvchi ta‘lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va
litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot
vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, milliy telekompaniya maxsus
o‘quv kanali orqali 130 soatlik o‘quv ko‘rsatuvlari tashkil etadi.
O‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha chet mamlakatlarning
ko‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e‘tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobar
ilgarilab ketgan bolalar ko‘plab uchraydi. Ular o‘quvni juda erta boshlab, ta‘lim
51
kurslarini o‘zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan darajada
muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Shunday iqtidorli o‘quvchilar maktabi G‘arbda XX asrning 60-yillarida paydo
bo‘lgan edi. Bunday maktablarning o‘quv dasturlari bolalarning qobiliyat va
imkoniyatini to‘la ro‘yobga chiqarishni ta‘minlab berish darajasida murakkab
tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim
shaharlarda oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan bo‘lib, ularda 4-5 yoshli
o‘quvchilar maktab dasturi asosida o‘qitiladi. Talantlarni izlab topish davom
etmoqda. AQSHda ―Merit‖ dasturi asosida har yili yuqori sinf va kollejlardan eng
qobiliyatli bolalar (600 ming) tanlab olinadi. Ular o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilib
eng qobiliyatli 35 ming o‘quvchi tanlab olinadi va o‘qitiladi. Ularga turli
imtiyozlar stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo‘lgan turarjoy, eng oliy
darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.
Ammo
iqtidorli
bolalarga
qarama-qarshi
qutbda
turgan
aqli
zaif
o‘quvchilarning taqdiri ham chet ellik pedagoglarni tobora tashvishlantirmoqda,
bunday holatlarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, oldini olish bo‘yicha
ko‘pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda. Uular uchun maxsus maktablar
ochilmoqda. Afsuski, statistik ma‘lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib
borayotganligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda Fransiyada aqliy va jismoniy nuqsoni bor bolalar uchun
ochilgan maktablar soni 16 marta o‘sdi. Bu muammoni hal etish bo‘yicha barcha
ilg‘or mamlakatlarda izchil izlanishlar jarayoni ketmoqda.
AQSHda kelajak maktabi – umummilliy loyihasini amalga oshirishga
kirishildi. Bu eksperiment mazmunini o‘qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, ko‘proq
o‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta‘lim tarkibi sinfda
ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o‘qituvchi konsultatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish yo‘li tutilgan.
Bunda o‘quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi.
Topshiriqlarni o‘quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo‘lganda o‘qituvchidan
konsultatsiya oladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad:
—
maktablarning
insonparvarlik,
umuminsoniylik
yo‘nalishlarini
kuchaytirish;
— o‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo‘llarini qidirib topish;
— tarbiya‘ning yangi formalarida — o‘quvchilar kengashi, maktab
kengashlaridan, tarbiyaviy o‘yinlardan foydalanish;
— maktab o‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o‘zaro aloqasini
mustahkamlash, takomillashtirish;
— maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo‘naltirish
ishlarini qayta tashkil etish;
— tabaqalashtirib o‘qitishni kuchaytirish, maxsus o‘quv muassasalari (ham
talantli, ham aqliy, jismoniy nuqsonli o‘quvchilar uchun) faoliyatini rivojlantirish;
— yangi-yangi o‘quv texnik vositalarining ta‘limdagi salmog‘ini oshirish,
o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish;
52
— sinf-dars tizimini zamonaviylashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ishlashini
yo‘lga qo‘yish;
— pedagogik g‘oyalarini amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment-
tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta‘lim tizimidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta‘lim tizimida
qo‘llash yosh, mustaqil Respublikamizda o‘quv-tarbiya ishlarini isloh qilish
jarayonini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |