OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA ICHIMLIK SUVINI SUN’IY USULLAR YORDAMIDA ZARARSIZLANTIRISH
Sanitar tekshiruvchi, radiofaol, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari va suvni zararsizlantirish haqida xulosa chiqarar ekan, zararsizlantirish yo’li va usulini ko’rsatishi kerak.
Oziq-ovqatlar turi, xili, navi, yangiligi, saqlanish sharoiti va muddati, ularga tushgan zaharlovchi moddalar guruhi, xili, miqdori, qaysi yo’llar orqali ifloslanganligiga qarab, 4 ta guruhga ajratilishi mumkin: 1) tanovul qilishga yaroqli; 2) ovqatlanish uchun shartli ravishda yaroqli; 3) odamlarning yeyishi uchun yaroqsiz; 4) oziq-ovqat mahsuloti tariqasida mutlaqo yaroqsiz.
Oziq-ovqatlarni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish amallari ularning turlari (guruhlari), saqlanayotgan idishlari tavsifiga ko’ra quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) zich berqiladigan (germetik) idishlarni zararsizlantirish uchun idishning sirti toza suv yoki dezaktivatsiyalovchi moddalarning eritmalari bilan 3 marta artilib, keyinchalik cho’tka bilan yaxshilab yuvib yuboriladi;
mahsulotlarni toza idishlarga ko’chirish;
oziq-ovqat mahsulotlarining zararlangan qatlamini olib tashlash;
suyuq mahsulotlar radiofaol moddalar bilan zararlanganda yo`za qismi to’kib tashlanadi;
yuqori harorat ta’sirida ishlov berish (kimyoviy moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda);
6)ultrabinafsha nur bilan ta’sir o’tqazish (bakteriologik vositalar bilan).
Keltirilgan usullarni alohida yoki kompleks holida qo’llasa bo’ladi.
Albatta, kompleks holidagi usulning samarasi aytarli darajada yuqori bo’Iishi mumkin. Usullarni tanlash, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanganlik darajasi va tavsifiga hamda ular turiga ko’ra amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy usullarda zararsizlantirilmaydi, chunki birinchidan, mahsulot sifati o’zgarishi mumkin (rangi, ta’mi va ularning oziqlik qiymatini keskin ravishda tushirib yuborishi); ikkinchidan esa, ular ko’pincha odam salomatligiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Usullarning ayrim mahsulotlar bo’yicha qo’llanishi:
qog’oz qopdagi un, shakar, yormalar va boshqa to’qiluvchan mahsulotlar yuqori qatlamlaridan forig’ etiladi; matoli bir qavatli qoplardagi mahsulotlar silindr yordamida olinadi. Ayni maqsadda ishlatilishi kerak bo’lgan silindr diametri qop diametridan 4-5 sm kichikroq bo’Iishi kerak. Aks holda undan ushbu maqsadlarda foydalanib bo’lmaydi. Silindr yuqori qatlami olib tashlangan qopning ichidagi mahsulotga asta-sekinlik bilan kiritilib boradi va uning ichidagi mahsulot bosqichma-bosqich kurakcha yordamida olinib, boshqa toza idishga solinaveradi. Shu tariqa silindr tagiga 3-4 sm qolgunicha, tushirilaveradi. Bo’shagan qop esa, yo’q qilib yuboriladi yoki qayta sanitar ishlovidan o’tqaziladi. Qopdan olingan shakar, yaxshilab shamollatilib, 2 soat mobaynida obdan qaynatiladi (suvning shakarga nisbati 3:1);
makaron mahsulotlari va yormalar havoda o`zoq vaqt shamollatilgach, 4 karra ortiq miqdordagi suvda pishiriladi.
go’sht va baliqlar ko’p miqdordagi suv bilan yuviladi; suv qaynab chiqqach 2 soat mobaynida (bo’laklari 1 kg dan, yuqori haroratda pishiriladi; kolbasalar oldin yaxshilab suv bilan yuvilib, keyin po’sti shilinib olinadi;
sariyog’, pishloqlarning yuqori qatlamidan 2-3 mm qalinlikda ustki qismi kesib tashlanadi;
qattiq yog’larning ustki qismidan 0,7-0,8 mm qalinlikdagi qismi kesib olib tashlanadi; 4 soat mobaynida suvda qaynatiladi (suv. qattiq yog’=4:1);
baliqlar tangachalaridan tozalanib, suvda 1,5-2 soat davomida qaynatiladi
sabzavotlar (lavlagi, sabzi, kartoshka, yangi o`zilgan karam, piyoz) va mevalar (olma, o’rik, shaftoli, olcha, gilos, anjir, anor, o`zum, jiyda) oldin shamolatiladi va keyinchalik ko’p miqdordagi suv bilan obdan yuviladi;
zararlangan shakarni quyuq sharbat holiga kelguncha yaxshilab qaynatiladi yoki murabbo, jem, povidlo, meva qaynatmalarf uchun pishirishga ishlatiladi.
Oziq-ovqatlarning radiofaol moddalar bilan zararlanganligini bilish uchun dozimetrik o’lchovlar amalga oshiriladi.
Oshxona idish-tovoqlari va asbob-anjomlar dezaktivatsiyalovchi eritmalar bilan artiladi, toza suvda yuvilib, qaynatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |