Fuqaro muhofazasi



Download 9,75 Mb.
bet15/59
Sana31.12.2021
Hajmi9,75 Mb.
#260202
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
8ta mavzu 5 list

3-Amaliy mashg’ulot

Glossary
Mavzu: Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ulardan himoyalanish

Umumiy ma’lumotlar

O‘ZM belgilangan kontsentratsiyadan ortiq bo‘lganda odamlarga, chorvalarga, o‘simliklarga, tashqi muhitga kuchli ta`sir etib, turli darajada shikastlantiradi.Bularga texnologik jarayonlarda qo‘llanadigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish mumkin.

Аmmiak - nashatir hidli rangsiz gaz.Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o‘g‘it olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Аgar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Аmmiak suvda yaxshi eriydi.Uning yuqori kontsentratsiyasi insonnning markaziy asab tizimini izdan chiqarib, palaj bo‘lishiga olib keladi.Аgar ammiak ta`sirida inson zaharlansa, bir necha soatdan so‘ng u o‘limga olib keladi.Teriga tegsa turli darajadagi jaroxatlanish ro‘y beradi.

Xlor - o‘tkir hidli, sariq rangli gaz. Xlor qog‘oz-tsellyuloza, to‘qimachilik sanoatida, xlorli oxak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa ko‘plab sohalarda ishlatiladi.Yuqori kontsentratsiyada 1-2 marta nafas olish o‘lim bilan yakunlanadi.

Oltingugurt oksidi – o‘tkir hidli, rangsiz gaz bo‘lib, yonmaydi.Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bo‘lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi.Undan tashqari bu gaz to‘qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida kontservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xlorofromda va efirda yaxshi eriydi.

Oltingugurt angdridi nafas yo‘llarini ishdan chiqarib, ko‘zni xiralashtiradi.Oz kontsentratsiyada inson kuchsiz yo‘talish, tomoqda va ko‘krakda og‘riq, ko‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.

O‘zbekiston hududida oltita yirik xavfli kimyo korxonalari bor.Bular: Navoiy, Samarqand, Olmaliq, Аngren, Chirchiq va Farg‘ona shaxarlarida joylashgan. Bu korxonalarda O‘zbekistondagi O‘ZM larning 80% ishlatiladi.Аgar birortasida avariya sodir bo‘lsa O‘ZM tarqalish chuqurligi 40-45 km va tarqalish maydoni 450 km2 ni tashkil qiladi.

Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaxarlarda, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Аndijon, Qo‘qon, Аngren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaxarlarda havoning ifloslanish darasi me`yoridan 1,5-2 xatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.

Markaziy osiyoda havoni eng ko‘p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shaxridagi alyumin zavodi havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yo‘nalishiga ko‘ra, ftor birikmasining 80% Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Uzun, va Oltinsoy tumanlariga tushadi.Zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Xayvonot va tabiat olamiga ham zaharli ta`siri katta bo‘layapti.

Respublikada uran rudasi qazib olinadi, Qibrayda o‘rtacha quvvatdagi ilmiy-tadqiqot reaktori ishlab turibdi.Olmaliq shaxrida radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bo‘yicha Respublika markazi ishlab turibdi.Bu barcha ob`ektlar ma`lum bir sharoitda radioaktiv nurlanish xavfini tug‘dirishi mumkin.

Portlash va yong‘in xavfi mavjud ob`ektlardagi avariya va falokatlar.

Favqulodda vaziyatlarni prognozlash – tabiiy ofatlar, avariya va falokatlarning oqibatlarini taxminiy aniqlash hamda vaziyatga baxo berishdir.

Ko‘pgina tabiiy fanlardan farqli o‘laroq, favqulodda vaziyatlardagi prognozlashning ahamiyati, olingan ma`lumotlarni, sharoitni o‘zgartirish uchun foydalanish darajasi bilan aniqlanadi.Buning murakkab tomoni shundaki favqulodda vaziyat haqidagi ma`lumotlarni ( uning ko‘lami, xarakteri, tarqalish tezligi va x.k) to‘la va ishonchli bo‘lmagan axborotlar sharoitida olish va ular asosida favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ishlar hajmi va xarakterini belgilash kerak bo‘ladi.

Prognozlash uchun zarur bo‘lgan ma`lumotlar ushbulardir:

Xavfli ob`ektlar koordinatalari va ularning zahiralari;

axoli soni va zichligi; bino va inshootlarning soni va turi, ularning hajmi va boshqa ma`lumotlar.Prognozlashda mikroiqlim sharoitlari va xududning tuzilishi hisobga olinadi.

Kimyoviy xavfli ob`ektlarda sharoitni prognozlash uchun talofatlar va xalq xo‘jalik ob`ektlariga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar hisoblab chiqiladi.

Shikastlanish o‘chog‘idagi vaziyatni prognozlovchi ma`lumotlar to‘planib, umumlashtirilib va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish va olib borish uchun taxlil qilinadi va qabul qilish uchun xulosalar chiqariladi. O‘ZM bilan zararlanish davomiyligiga xududning topografik relefi, o‘simliklar dunyosi, qurilish zichligi va boshqalar ta`sir qiladi. Xududning relefi tekis (dalalar, vodiylar, o‘tloqlar) va notekis (tepaliklar, jarlar va sh.o‘) bo‘lishi mumkin. O‘simliklar qatlami (qalin o‘tloq, o‘rmon, butazorlar) va xududning notekis relefi zaxarlangan xavoning turib qolishiga va zaxarlanish davomiyligining uzayishiga olib keladi. Аxoli yashaydigan xududlarda va ular orasida xudud xarakatlari ochiq va xar xil bino, inshoatlar, daraxtlar, kommunikatsiyalar va boshqalar bilan to‘silgan bo‘lishi mumkin. Zararlangan xavo qurilish zichligi katta bo‘lgan axoli punktlarida ko‘proq turib qoladi.

Kimyoviy vaziyatga baxo berishning dastlabki o‘timida fuqaro himoyasining xolati va odamlarni himoyalanganlik darajasi aniqlanadi. Bunda shaxsiy va kollektiv himoya vositalari, ya`ni axolini himoyalovchi inshootlar bilan ta`minlanganlik nazarda tutiladi.

Kimyoviy holatga baho berish quyidagilarni o‘z ichiga oladi;



  1. Kimyoviy zararlangan xududning maydoni va o‘lchamlarini aniqlash;

  2. Zararlangan havoning aholi punktiga etib kelish vaqtini aniqlash;

  3. O‘ZMning zarar keltiruvchi vaqtini aniqlash;

  4. Kimyoviy zararlanish xududidagi kishilarin mumkin bo‘lgan yo‘qotilishini aniqlash;

  5. Kimyoviy zararlangan xududni ish xujjjatlariga tushirish;

Kimyoviy zararlangan xududning yuzasi va o‘lchamlari kun jixatdan meteorologik holat va havoning vertikal (tik) barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun zararlangan zonani kattaliklarini topish uchun dastlab havoning barqarorlik darajasi (inversiya, izotermiya, konvektsiya) topiladi. Havoning vertikal barqarorlik darajasi 2-jadvalda keltirilgan.

O‘ZMlar kontsentratsiyasi bilan zaharlangan shamolning tezligi 1 m/s bo‘lganda tarqalish chuqurligi (Ch) 3-jadvalda keltirilgan.Kimyoviy zaxarlangan xududning kengligi (K) quyidagi kattaliklar bilan aniqlanadi;



  • Inversiyada K=0,03 Chz

  • Izotermiya K=0,15Chz

  • Konvektsiya- K=0,8Chz

Bu erda Chz-zaharli moda kontsentratsiyasi bilan zararlangan havoning tarqalish chuqurligi.

Kimyoviy zararlangan xududning yuzasi (C) teng tomonli uchburchakning yuzasi deb qabul qilinadi va chuqurlik bilan kenglikni yarmi olinadi;



km2

Zararlangan havoning biror joyga etib kelish vaqti O‘ZM qo‘yilgan joydan ma`lum manzilgacha (inshootgacha) bo‘lgan masofa R ning havo oqimi yordamida esayotgan bulutning o‘rtacha tezligiga nisbatiga teng. Zararlangan havo bulutining o‘rtacha tezligi Vo‘r 4-jadvaldan topiladi. Zararlangan havoning marraga etib kelish vaqti quyidagi formula bilan topiladi;



, min

O‘ZMning zaharlash vaqti uning bug‘lanish vaqti bilan aniqlanadi (5-jadval). Ishchi va xizmatchilarning yo‘qolishi, ishga yaroqsizligi va halok bo‘lishi ularning ochiq maydondagi soniga, himoyalanish darajasi va shaxsiy himoya vositalarni (ShXV) vaqtida qo‘llay bilishiga bog‘liq. Ishchi va xizmatchilarni, hamda aholini mumkin bo‘lgan yo‘qolishini 6- jadvaldan topiladi.

Kimyoviy zararlangan xududlar ish xujjatlariga ma`lum masshtabda chiziladi. O‘ZM qo‘yilish joyi va kimyoviy zararlangan xudud chegarasi ko‘k rang bilan, zararlangan maydon xududi esa sariq rang bilan bo‘yaladi. Individual mashg‘ulot kimyoviy holatni baholashga doir masalalarni o‘z ichiga oladi. Xar bir talaba mustaqil ravishda vazifani o‘zlashtirib, o‘qituvchi belgilagan variantni bajaradi.

Masala

O‘tkir zaharli moddalar (O‘ZM) saqlanadigan inshootlarda kimyoviy holatga baho berish.

Аvariya natijasida O‘ZM saqlanadigan katta xajmdagi joy falokatga uchradi. Ish joyidagi va unga yaqin joylardagi atrof muhitning kimyoviy holati aniqlansin, buning uchun;



  1. Kimyoviy zararlangan xududning maydoni va o‘lchovlari;

  2. Zararlangan havoning aholi punktiga etib kelish vaqti;

  3. O‘zm ning ta`sir etish vaqti;

  4. Kimyoviy zararlanish o‘chog‘idagi kishilarning mumkin bo‘lgan yo‘qotilishi aniqlansin;

  5. Kimyoviy zararlangan zonaning chizmasi masshtabda chizilsin.


Download 9,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish