Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida


Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash



Download 106,5 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2023
Hajmi106,5 Kb.
#905338
1   2
Bog'liq
XFX MI-2

Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ‘ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.

Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari


Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;

  • qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

  • aholini va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

  • aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.

Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
bo‘ysunuviga ko‘ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (xalq xo‘jaligi ob’ektlaridagi) tuzilmalariga;
belgilangan vazifasiga ko‘ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o‘choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo‘linadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda er usti binolari kompleksiga ega bo‘lgan boshqaruv punktlari;

  • fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari;

  • mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;

  • yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari;

  • aloqa va xabar berish vositalari;

  • davlat mulki bo‘lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.

Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo‘jalik yuritish faoliyati shakllari o‘zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday ob’ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to‘plash topshiriqlari qolaveradi.
Fuqaro muhofazasi ob’ektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish