Nazorat savollari:
1. Magnit maydoni kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?
2. Magnit kuchiga ta’rif bering.
3. Magnitli boyitish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni sanang
5.6. Magnit usulida boyitish sxemalari
Asosiy sanoatli turdagi magnetitli va titanomagnetitli rudalarni
boyitishning sxemalari mahsulot yirikligi o‘zgarishining har bir
operatsiyasidan so‘ng chiqindilarni ajratish bilan bosqichli yanchish va
magnitli separatsiya qoidasi bo‘yicha tuzilgan. Yanchishning oxirgi
bosqichi va magnitli separatsiyadan so‘ng tayyor mahsulot olinadi.
Boyitish sxemasi yetarlicha tejamli va samarali, chunki ularda “bironta
ortiqcha keraksizni yanchmaslik” qoidasi amalga oshirilgan – har bir
bosqich va yanchishdan so‘ng ag‘darmali chiqindilarga chiqariladi [24, 40,
55].
Ko‘pgina fabrikalarda mayda qilib maydalangan rudaning quruq
magnitli separatsiyasi qo‘llaniladi. Quruq magnitli separatsiyaning vazifasi
yanchishdan va chuqur boyitishdan oldin bo‘sh jinslar qismlarini
chiqindilarga chiqarish hisoblanadi. Ba'zan quruq magnitli separatsiya
oxirgi yirik bo‘lakli konsentrat (agloruda) olish imkonini beradi. Hozirgi
vaqtda OFda SMIS chiqindilarida temirning massa ulushini kamaytirish
uchun
V
=0,25-0,3 Tl li PBS yangi separatorlari joriy etilmoqda.
Ayrim KBKlarda 0-300 (350) mm yiriklikdagi yirik maydalangan
rudaning quruq magnitli separatsiyasi qo‘llaniladi, masalan, Kimkano-
Sutarsk KBKning boyitish fabrikasida. Kostomukushsk KBK da
kamqiymat rudalarni oldindan boyitish karyerida yirik maydalangan
rudaning quruq magnitli separatsiyasidan foydalaniladi.
Magnetitli rudalarni yanchish, odatda, uch yoki to‘rt bosqichda
amalga oshiriladi. Yanchishning birinchi bosqichida spiralli tasniflagichli
yopiq siklda ishlaydigan sterjenli tegirmonlar yoki sharli tegirmonlar
qo‘llaniladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda gidrotsiklonli yopiq siklda
ishlaydigan sharli tegirmonlardan foydalaniladi. Lebedinsk KBKda o‘z-
o‘zidan yanchish texnologiyasi qo‘llaniladi.
Magnitli separatsiya 2-5 bosqichda amalga oshiriladi. Magnetitli
rudalarni boyitish sxemalarida magnitli separatsiya bosqichi ostida faqat
yanchish sikli tayyor mahsulotlarini boyitish emas, balki yanchish sikli
ichki sanoat mahsulotlarini separatsiyalash yoki yirikligi bo‘yicha
275
ajratilgan sanoat mahsulotlarining alohida separatsiyasi ham tushuniladi.
Har bir bosqichda har bir operatsiyada ag‘darmali chiqindilarni ajratish
bilan namli magnitli separatsiya (HMS) ketma-ket operatsiyalaridan 1
dan 3 gachasi qo‘llanilishi mumkin. Nomagnit shlamlarni chiqindilarga
juda to‘liq chiqarish maqsadida magnetitli kvarsitlarni boyitishda HMS
operatsiyalarining ko‘p soni xususiyatlidir.
Boyitish fabrikasida asosiy boyituvchi uskunalari
V
=0,16 Tl (0,3 Tl
gacha) magnit maydoni induksiyali to‘g‘ri oqimli, qarama-qarshi oqimli va
yarim qarama-qarshi vannali PBM separatorlari hisoblanadi.
66-rasmda yanchishning uch bosqichli (birinchi bosqichda sterjenli
yanchishli) va HMS ning to‘rt bosqichili titanomagnetitli rudalarini
(Kachkanar KBK) boyitish sxemasi keltirilgan. HMS ning to‘rtinchi
bosqichida ikkita ketma-ket operatsiyalari (separatsiyaning ikkita qabul
qilishi) qo‘llangan.
Yanchishning II bosqichi yopiq siklida ko‘pgina fabrikalarda sharli
tegirmonlar quyilmasida magnitli separatsiya qo‘llaniladi (66-rasmga
qarang), bu faqat aylanuvchi yuklanishni kamaytirishni emas, balki
gidrotsiklonlarda yirikligi bo‘yicha ajratish operatsiyalaridan oldin
nomagnitli mahsulotga chiqarish hisobiga saqlovchi jinslarni qayta
yanchishni qisman kamaytirish imkonini beradi. Bunda magnetitli
rudalarni boyitishda saqlovchi jinslarni qayta yanchish, magnetitni qayta
yanchish ancha zararlidir.
Magnetitni
qayta yanchish magnitli
flokulyatsiya natijasida magnitli mahsulotga uni ajratib olishni ancha
kamaytirishga olib kelmaydi, u zarralarning “yiriklashishiga” olib keladi.
Biroq, magnitli flokulyatsiyada flokulalarga yupqa nomagnit zarralar
tushadi, bu konsentrat sifatini ancha kamaytiradi. Bunda magnetit qancha
qayta yanchilgan bo‘lsa, koersitiv kuch shuncha yuqori va magnitli flokula
yanada mustahkam bo‘ladi. Flokulalarni to‘liq yemirish yoki ulardan
yupqa jinsli zarralarni chiqarib yuborish ancha qiyin. Buning natijasida
yupqa jinsli zarralarning bir qismi konsentratga tushadi. Bunda mayda
yanchilgan sanoat mahsulotlarida va konsentratlarda temirli kvarsitlarni
boyitishda magnetit 20-50 mkm sinflarda to‘planadi. Juda mayda sinflarda
jinsli zarralar miqdori oshadi, juda yirik sinflarda hosilalar miqdori oshadi,
bu konsentrat sifatining pasayishiga olib keladi.
276
Do'stlaringiz bilan baham: |