Fermer xo`jaliklarni kreditlash tizimi va uni yaxshilash yo`llari


oltinchidan, “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!”



Download 21,48 Kb.
bet3/8
Sana23.04.2022
Hajmi21,48 Kb.
#575801
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermer xo`jaliklarni kreditlash tizimi va uni yaxshilash yo`llar

oltinchidan, “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish;

yettinchidan, yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarining mehnat munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish.

2. O‘zbekiston fermerlari kengashi konferensiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston fermerlari kengashi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari sifatida qayta tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. 2018-yil hosilidan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:

fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib boriladi;

yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘riladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga:

hududlarda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sharoitlari og‘ir bo‘lgan tumanlarda, ekin ekish ahvolini har oyda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan o‘rganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida amaliy choralar ko‘rish;

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligining xalq deputatlari tuman Kengashlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilinishi ahvolini doimiy ravishda senatorlar tomonidan o‘rganish hamda har chorakda Oliy Majlis Senatining majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:

Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda 2018 yil 1 oktyabrga qadar barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning yagona reyestrini shakllantirsin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan yagona reyestrning nazorat holatida yuritilishini, undagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, to‘liqligi va doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlasin.

6. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining 2018-2021-yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Z.Mirzayev, J.Qo‘chqorov) har yili fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida tasdiqlanishini ta’minlasin, shuningdek hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov, Z.Mirzayev):

ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligining boshqa muhim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari loyihalarini kiritsin;

uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishda, ayniqsa paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashtirishda bozor infratuzilmalarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek sohada mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ikki oy muddatda 2018-2020-yillarda respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.

8. Dehqonchilik madaniyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan va ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishgan fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalariga taqdim etiladigan “Ilg‘or fermer”“Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22-oktabrdagi PF–4478-son “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.




Download 21,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish