JANOZA
O’lim to‘shagidagi bemor xususida
1. Muxtazorni (o‘lim to‘shagidagi bemorni) o‘ng yoniga
yonboshlatib, qiblaga qaratib qo‘yish sunnat bo‘ladi.
2. Yuzi qiblaga qaraydigan holda boshini ko‘tarib, osmonga
qaratib yotqizish ham joiz.
3. Kalimai shahodatni, ayt
ishga zo‘rlamay, majburlamay, ovoz
chiqarib, qaytarib turish sunnatdir.
4. O’lim to‘shagidagi bemorning yonida qarindoshlari va
qo‘shnilari bo‘lishlari mustahabdir.
5. Bemorning yonidagilardan biri bemorning boshida o‘tirib Yosin
surasini o‘qiydi. Ba’zi olimlar Ra’d surasini o‘qishni xush
ko‘rganlar. Kur’on o‘qilganida hayz va nifosli ayollar va junub
erkaklar bemorning oldida turishi yoki chiqarib yuborilishda ixtilof
bor. Chiqarib yuboriladi deganlar, yuqorida aytilgan holatdagi
kishilar bor joyga farishtalar kirmasligini; chiqarilmasin deganlar
esa bemorning qarindoshi, qo‘shnisi bo‘lgani uchun bu
kishilarning turishi mustahabligini va ularning Kur’on eshitishlariga
hech qanday to‘siq yo‘qligini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |