Farg‘ona viloyati hokimligi



Download 1,35 Mb.
bet14/15
Sana15.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#552969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Adabiyot to\'garak 9-sinflar 68 soat 2021-2022-yil uchun

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ _______________sana______ _______ 20__yil

Sana: “__” ___________ 201__-yil. To‘garak rahbari: ________________________


MAVZU: KOMIL INSON
MASHG‘ULOTNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o’quvchilarga Komil Inson haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
MASHG‘ULOTNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni:
Tasavvuf - musulmon olamida (mamlakatlarida) keng tarqalgan, butun dunyoda mashhur bo‘lgan Islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go‘zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni
komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, aqlan va jismonan barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tengl ashtiriladi. Demak, ruhni poklash zarur. Poklanishning yo‘li esa bitta, u nafsni yengishdir. Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, dunyoparastlik, zulm, o‘g‘rilik, tanballik, tama, ko‘rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, ko‘ngli torlik,
g‘azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg‘aydigan, uni Allohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi. Qur’oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko‘rsatmalar talaygina. Misol tariqasida, Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: “Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko‘p-ko‘p ibodat qilganlaridan emas, o‘z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug‘ darajaga erishganlar”. Nafs - insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma’naviy va jismoniy tubanlikka, halokatga mahkum. Shuning uchun Navoiy: “Nafs itin qilsang zabun, olamda yo‘q sendek shujo” — deb yozsa, “Qissasi Rabg‘uziy”da bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi. “Farhod va Shirin”ga qaytaylik. Dostondagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Ahraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki har bir inson (masalan, Farhod)ning botini (ichki olami)dagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir.
Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko‘rinadiki, nafsni yengishquroli — bu ISHQ ekan.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tu yg‘ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, qanoat, g‘ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso‘zlik, shafqat, umuman, inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Allohga yaqinlashtiradigan barcha
ezguliklar, pokliklar yig‘indisi tushuniladi. Ishqning o‘rni ko‘ngilda bo‘ladi. Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yanada o‘tli, nurli bo‘ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko‘ra ko‘ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o‘rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o‘rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy - ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil. Moniy - Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan
ustoz. Qoran - ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug‘lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o‘zlashtirgan insongina hayotlik davrida o‘z botinida dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o‘z
nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay, poklanish yo‘lida davom etadi. Poklanishga erishgan komil inson, ayni paytda, yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o‘zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson
obrazidir.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish