muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida:
"Faollik
- tirik
materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida
namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan
tavsiflanadi"-deya
ta'riflangan.
Faoliyat
- insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli,
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini
bilishga, uni qayta
qurishga yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat
- maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari
va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha
izohli lug’atida:
Faollik
- shaxsning ehtiyojlarini
qondirish uchun voqelikni
o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz
bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod
kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat
- inson hayotining uning voqelikka nisbatan
faol munosabatining
ro’yobga chiqish shakli. harakat - maqsadga muvofiq yo’nal-tirilib, ongli ravishda
amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va
motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta'riflar
uchraydi:
Faollik
- shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni
tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faoliyat
- inson ongi va tafakkuri bilan
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi
olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga
qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Mazkur ta'riflardan ko’rinadiki, faoliyat tushunchasi o’z tarkibiga shaxsning
u yoki bu darajadagi faollik ko’rsata olish darajalarini
qamrab oladi va unga
umumiy tarzda quyidagicha ta'rif berish mumkin:
Faoliyat
-anglangan maqsad
bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig’indisiga
aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o’zaro bir-biriga bog’liq
bo’lgani bilan ular o’rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan,
faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma'naviy
ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham
o’zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan,
faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlash
uchun psixik narsa va
hodisalarning xususiyat ob'ektiv xossalarni aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga
erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan,
faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan
harakatlarni
ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga
muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning
uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz amalga oshirish juda
mushkul. Aynan ikkala omil o’zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik
xususiyatini kasb etadi.
Inson faolligining o’ziga xos
xususiyati shundan iboratki, faoliyatning
mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o’zi bilan
belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni
rag’batlantirib tursa faoliyatning shakli
va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy
talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: