Algoritmlar haqida umumiy tushunchalar. Algoritm tushunchasi, asosiy xossalari.
Algoritm nima? Algoritm – biz o’rganayotgan kursda asos etib olingan tushunchalardan biri hisoblanadi, chunki uning ilmiy ta’rifi yo’q. Biroq biz algoritmning mohiyatini aniq va qat’iyroq tushuntirishga harakat qilamiz. Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda to’liq tizimi tushuniladi.
Ko’rinib turibdiki bunday ko’rsatmalar tizimi turmushimizda juda ko’p uchraydi. Algoritmlarga misol sifatida taomlar tayyorlash retseptlarini, turli avtomatik qurilmalarni (video magnitofon, kir yuvish mashinasi va h.k.) ishlatish bo’yicha yo’riqnomalarni, yo’l harakati qoidalarini keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |