hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari
tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga
bo‗ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta‘sis etildi, ularning apparati –
hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‗zbekiston
Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari
sud hokimiyati organlari, prokuratura,
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‗zaro
hamkorlikda ish olib boradi.
O‗zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‗liga kirgach, O‗zbekistonga
xos va mos fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan,
hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‗zini o‗zi
boshqarish deb atalsa, O‗zbekistonda esa fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarishi deb
ataladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‗zini
o‗zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 105-
moddasiga ko‗ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi
mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‗inlari o‗zini o‗zi
boshqarish organlari bo‗lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va
uning
maslahatchilarini saylaydi». Shunday qilib fuqarolar yig‗ini ma‘lum muddatda
to‗planib ish yuritadigan o‗zini o‗zi boshqarish vositasi bo‗lsa, rais, uning
maslahatchilari doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi tuzilmadir.
Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‗inlarining uyushmasi
sifatida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‗yicha respublika kengashi tashkil etildi. O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy
kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida
tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‗yicha rais o‗rinbosari, shuningdek Respublika
kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma‘rifiy masalalar,
keksalar va faxriylar ishlari bo‗yicha rais o‗rinbosarlari lavozimlari joriy etildi.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarida jamoatchilik
asosida faoliyat
yuritadigan fuqarolar yig‗ini raisining o‗rinbosari – yoshlar masalalari bo‗yicha
maslahatchi lavozimi joriy etildi.
O‗zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etilishida xalqaro
huquq andozalari va talablariga, ilg‗or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi
yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Dastlab saylov tizimini yo‗lga qo‗yish
maqsadida «O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida» va «O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida» (1991-yil 18-noyabr) qonun qabul
qilindi. XX asr 90-yillarining boshida saylovlar, saylov o‗tkazish tartiblari to‗g‗risida
bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, «O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to‗g‗risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to‗g‗risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‗g‗risida»gi
qonunlar shular jumlasidandir.
Saylovlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etiladi, komissiya
1998-yildan e‘tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‗lsa,
2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi va
uning a‘zolari o‗z faoliyatini
har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda 18 yoshga to‗lgan
fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‗zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy
Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi
umumiy, teng, to‗g‗ridan-to‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‗li
bilan o‗tkazilishi mustahkamlab qo‗yilgan. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega.
35 yoshdan kam bo‗lmagan fuqaro O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga
to‗lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‗lganlar viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident
saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati
vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati
tugaydigan yilda - dekabr oyi 3-o‘n kunligining 1-yakshanbasida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: