yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan
hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umum e‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi―, deb
belgilab qo‗yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini
ta‘minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‗stona aloqalar o‗rnatishi
hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi
qonunlashtirilgan.
To‗qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil – mahalliy o‗zini o‗zi boshqarishdir.
O‗zbekistonda o‗zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda
mahalliy hokimiyat boshlig‗i bo‗lgan hokim institutijoriy etildi. Viloyatlar, tumanlar
va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‗lib,
ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99–
104- moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va
tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‗lgan
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105-
moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda
hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‗inlari o‗zini o‗zi boshqarish
organlari bo‗lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi―, deb belgilab qo‗yilgan.
O‗ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil – odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va
daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‗ysunadi. Konstitutsiyaning 106–116-
moddalarida O‗zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va hara
katlarning a‘zosi bo‗la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora
olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi
ham mumkin. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‗I bo‗lib,
Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari,
muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi
qonunlashtirib qo‗yilgan.
O‗zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‗iston Respublikasining huquqiy
maqomi, O‗zbekiston bilan o‗zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab
berilgan.
Darhaqiqat, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. U mamlakatimizda
qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‗lib qoldi.
Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq
muhokamasidan o‗tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal
qilinmoqda.
O‗zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‗yobga chiqardi.
O‗zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy,
diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‗rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: