1991-yil 17- mart
kuni Butunittifoq referendumini o‗tkazishga qaror
qildi.
O‗zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‗la
mustaqillik berishni ko‗zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‗zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Qo‗mitasining 1991- yil 12- martda bo‗lgan IV plenumida so‗zlagan nutqida: „Ittifoq
shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‗ldan boy berib qo‗yildi. Ikki yil
muqaddam bu masalani ko‗targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi.
Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul
etmadi, ishni paysalga soldi―, — degan edi. Bu fikrning to‗g‗riligini hayot to‗la
isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |