O‗tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‗rtacha umr ko‗rish darajasi
ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‗rsatkich 1990-yilda 67
yoshni tashkil etgan bo‗lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar
o‗rtasidagi o‗rtacha umr ko‗rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‗rtasida esa 72
yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush
sharoitini yaxshilashga qaratilgan choratadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida
baholash o‗rinlibo‗ladi.
Istiqlol arafasida, hali mustabid tuzum hukmronlik qilib turgan bir paytda,
Birinchi Prezident Islom Karimov yuksak jasorat bilan aholini uy-joyli qilish
masalasining yechimini topdi. Natijada 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan
ko‗proq oilaga qo‗shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi «Qishloq joylarda
uy-joy qurilishi ko‗lamini kengaytirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar
to‗g‗risida»gi qarori bilan boshlangan qishloq infratuzilmasini yangilashga qaratilgan
bunyodkorlik ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura asosida
tubdan o‗zgartirishga xizmat qilyapti. Xususan, 2009–2016-yillarda qishloq joylarda
69.557 ta shinam namunaviy uy-joy bunyod etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq
oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-
oktabrdagi «2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar
bo‗yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‗g‗risida»gi qarori mazkur yo‗nalishdagi
keng ko‗lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‗lib, qishloq qurilishida yangi
bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga
o‗sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori
darajadagi shartlari joriy etildi. Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar va
asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo
etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlamlari uchun
maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qildi. Qarorga ko‗ra, qishloq joylarda mavjud
namunaviy loyihalarga qo‗shimcha ravishda xo‗jalik imoratlari va obod hovlilari
bo‗lgan ikki, uch qavatli ko‗p kvartirali (2, 3 xonali) hamda aholi zich joylashgan
tumanlarda hovlidagi imoratlari bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‗lgan yer
uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali, shu bilan birga, maydoni
0,04 gektar bo‗lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali
birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi.
Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda uy-
joyga ega bo‗lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar xodimlari
uchun arzon turarjoylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: