«Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‗g‗risida»gi
qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning
rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi
mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma ob‘yektlarini bepul
topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‗lar va shu kabilarni
imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‗lashda ayrim imtiyozlar
berish kabi holatlarda o‗z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog‗ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |