Uzunchoq miya kesmasida u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |