Topshiriqlar:
Elektron pochta xizmati afzalliklarini o’rganing.
Kompyuterni ishga tushiring va Internet tizimiga kirishni o’rganing.
Milliy elektron pochta xizmatidan foydalanib,elektron manzil (E-mail)ga ega bo’lishni o‘rganing.
Do‘stlaringizga elektron pochtangiz orqali xat-xabar yuborishni o’rganing.
151
32-Laboratoriya ishi
Ishning nomi: HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar.
Ishning maqsadi: HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar bilan ishlashni o‘rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, 220 V kuchlanish manbai, bloknot dasturi
Ish haqida nazariy ma’lumotlar.
Matnni formatlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalanish mumkin:
<center> … ushbu teglar orasida yozilgan matn o‘rtaga tushadi.
teg yangi jumla yaratadi. Ushbu paragrafda siz har qanday ma'lumotni joylashtira olasiz (matn, rasm va boshqalar).
ushbu teg yangi sahifaga o‘tish uchun ishlatiladi. E'tibor qiling, ushbu tegga yopadigan teg kerak emas.
gorizontal chiziq chizadi.
… matnni qalinlashtiradi.
… matnni burchak ostiga oladi.
… matnning tagiga chiziq chizadi.
chap tomondan interval qoldiradi.
… ushbu teglar orasida joylashgan atributlar matnning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Masalan:
sizning matn
SIZE atributi shrift kattaligini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Matn kattaligi 1dan 7gacha qiymatlarni qabul qilishi mumkin. FACE atributi shrift turini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. COLOR atributi matnning rangini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi.
152
‘?’ belgisi bitta simvolni bildiradi.
Web -sahifaning orqa foni. BGCOLOR va BACKGROUND teglari yordamida amalga oshiriladi.
BGCOLOR – ushbu atribut Web -sahifangizning orqa fonini o‘zgartiradi.
Ushbu atribut 16-richli kod yoki rang nomi ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak.
Keng ishlatiladigan ranglar: BLACK, WHITE, GREEN, YELLOW, BLUE, RED, ORANGE, GRAY, SILVER, LIME, AQUA, FUCHSIA, PURPLE, MAROON, OLIVE, NAVY va TEAL.
BACKGROUND – ushbu atribut yordamida siz orqa fonga rasm quyishingiz mumkin.
Masalan: yoki BACKGROUND atributini ishlatishda orqa fonga quyilishi kerak bo‘lgan rasm
web-sahifangiz papkasida joylashgan bo‘lishi kerak. Agar siz rasmni o‘tkazishni yoki nusxa olishni istamasangiz, unda rasm joylashgan manzilining to‘liq nomini ko‘rsatishingiz lozim. Agar rasmingiz bir necha pog‘ona yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda “../” belgisini ishlatgan holda (har bir belgi bir pog‘onani bildiradi) fayl manzilini ko‘rsatish mumkin. Masalan, mening rasmim (rasm.jpg) asosiy web-sahifam papkasidan 2 pog‘ona yuqorida joylashgan. Rasmga yo‘lni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |