Topshiriq: Matnni egri chiziqqa nisbatan o’rnatish.
Ishni bajarish tartibi:
CorelDRAW 10 grafik muharriri shaklli matnni barcha berilgan egri chiziq bo‘yicha – to’g’ri yoki egri chiziqlar, to’rtburchak, ellips, yulduz, ko’pburchak, boshqa harf yoki matnli satr bo‘yicha o’rnatish imkonini beradi. Egri chiziq bo‘yicha faqat bir satrli matnni o’rnatish mumkin. Agar bir necha satrli matnni o’rnatmoqchi bo’lsangiz, barcha ikkinchi satrga ko’chirilgan matnllar o’chiriladi. "Ellipse Tool" uskuna yordamida ellips chizing. Toolbox (Grafika) uskunalar panelida "Text Tool" uskunani tanlang. Sichqoncha ko’rsatgichini ellips kontur chizig’ining boshiga ko’chiring. Bunda sichqoncha ko’rsatgichi o’z ko’rinishini o’zgartiradi. Sichqoncha tugmasini ellips konturi ustida bosganda matnli kursor paydo bo’ladi. So’ngra shaklli matnni kiritish mumkin. Property Bar (Holatlar paneli) da shriftlar ro’yxatidan rus harflarini qo’llovchi Verdana, Arial, Helvetica, sans-serif, yoki boshqa shriftini tanlang. Bir nechta so’z kiriting. Matn avtomatik ravishda ellips konturi bo‘yicha joylashadi. (46-rasm)
46-rasm. Ellips bo‘yicha joylashgan matn
Agar mavjud matnni egri chiziq bo‘yicha o‘rnatish lozim bo‘lsa, u holda, boshqa uslubdan foydalanish lozim bo‘ladi. Yana birta ellips chizing va bo‘sh qismda shaklli matn hosil qiling. Ellips va shaklli matnni "Pick Tool" uskuna yordamida birgalikda ajrating. Menyudan Text Fill Text to Path (Matn Matn egri chiziq bo‘yicha) buyrug‘ini bering. Bunda matn yuqoridagidek egri chiziq bo‘yicha joylashadi. Matnni egri chiziq bo‘yicha o‘rnatish usulidan qat’iy nazar,
115
uni boshqa matn obyekt kabi o‘zgartirish va formatlashingiz mumkin. Shu bilan birga matnning egri chiziq bo‘yi joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) boshqaruv elementlari yordamida o’zgartirishingiz mumkin. Ushbu elementlarga to’liqizoh berib utamiz. Property Vag (Holatlar paneli) ning chapdan birinchi ro’yxatida tayyor namunada matnlarni joylashtirishning bir necha parametrlarini ko’rish mumkin. Namunadan foydalanib, matning to’liqko’rinishini o’zgartirishingiz mumkin. Qolgan satrlar esa matnni bir necha parametr bo‘yicha alohida o’zgartirishga imkon beradi. Property Bar (Holatlar paneli) ning ikkinchi ro’yxatida harflarning berilgan chiziq bo‘yicha joylashuv variantlari keltirilgan. Ro’yxatdagi rasm variantlarni izohlaydi: "Text Orientation" varianti harfni berilgan chiziq bo‘yicha aylantiradi, "Text Orientation" varianti harfni berilgan egri chiziqning siniq qismiga vertikal moslashtirib joylashtiradi. Egrilik burchagiga qarab harfqiyaligi o’zgaradi. "Text Orientation" varianti harfni berilgan egri chiziqning siniqqismiga gorizontal moslashtirib joylashtiradi. "Text Orientation" varianti simvollar matn satri berilgan chiziq bo‘yicha joylashsa, ular vertikal saqlaydi. Uchinchi ro’yxatda matnning egri chiziq bo‘yicha joylashuvi aniqlanadi. Berilgan rasmlar variantini izohlashga hojat yo’q: "Vertical Plasiment". Matnni egri chiziqqa perpendikulyar o’rnatuvchi variant hisoblanadi. Agar matnni yopiq siniq chiziq bo‘yicha o’rnatilsa, Property Bar (Holatlar paneli) da "Text Placiment" elementlar ro’yxati hosil bo’ladi. Ushbu ro’yxat yordamida matn joylashuvi lozim bo’lgan yopiq chiziq o’rnini belgilashingiz mumkin. Matnni berilgan chiziqqa qarama–qarshi tomonda barcha parametrlarni saqlangan holda o’rnatish "Place On Other Side" tugmasidan foydalanish lozim. Matn joylashuvini Property Bar (Holatlar paneli) ning boshqaruv tugmalari yordamida o’zgartirishni ko’rib o’tamiz. (47-rasm).
116
47-rasm. Ellips bo‘yicha matnni joylashtirish variantlari
Do'stlaringiz bilan baham: |