10- Mavzu “Soxta tariqatchilik” va uning sog‘lom turmush tarzimizga salbiy ta’siri
Reja
1 “Soxta tariqatchilik”ning ko‘rinishlari
2.”Soxta tariqatchilar”ning asosiy g‘oyalari
3.“Soxta tariqatchilik”ning ijtimoiy oqibatlari
4. Soxta tariqatchilarning da’volari va ularning faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Vatanimiz xavfsizligini ta’minlashda barchamiz ma’sulmiz.
Mamlakatimiz fuqarolari mustaqilligimizning 30 yillik bayramini ko‘taringi kayfiyat bilan nishonlash arafasida turibdi. Aynan mana shu bayram har bir xonadonga quvonch va porloq kelajak manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunki mustakillik tufayli milliy davlatchiligimizni barpo etishga, kadimiy milliy manaviy kadriyatlarimizni tiklanishiga, ijtimoiy iktisodiy salohiyatimizni yuksalishga erishdik. Xullas mustakillik barcha sohalarda ulkan imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa milliy manaviy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bulgan islom dinimizni tiklanishi, fukarolarni ibodat kilishlariga barcha shart sharoitlarni yaratilishi bu mustakillikning bebaxo nematidir
Agar mustabit mustamlaka tizimiga nazar soladigan bulsak diniy rasm rusumlar kattik takib ostiga olingan, mukaddas kadamjolar, buyuk allomalar kabrlari oek osti kilingan edi Diniy mukammal talim olish to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi.
Muxtaram birinchi Prezidentimiz I. Karimov rahbarligida mustaqillikni qo‘lga kiritganimiz tufayli bunday ayanchli ahvolga chek qo‘yildi. Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha kata ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida Qonun qabul qilinib, diniy bag‘rikenglik fuqorolar totuvliginig muhim omillaridan biriga aylandi. Ma’lumki “Din azaldan inson ma’naviyatinig tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallar, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlami o‘zida mujassam etgan", ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlaming biriktirilishidir. Ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz hayotidan chuqur joy olib hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimiz, qadryatlarimiz, urf-odat, an`analarimiz, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr shavqat singari xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlarni bezavol saqlashni muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelmoqda.
Islom dininig boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida 1995-yil Toshkentda Islom tadqiqotlari halqaro markazi tashkil etildi. 1999-yil aprelida Prezident Islom Karimovning „Toshkent Islom Universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. 2007-yilda ma’lum, fan va madaniy sohasidagi halqaro YUNESCO tashkiloti tomonidan Toshkent shahri „Islom madaniyati poytaxti" degan yuksak nomga sazavor bo‘ldi. Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi, Toshkent Islom Universitetida amalga oshirilgan ilmiy taqiqotlar, Samarqandda Imom Buxoriy halqaro ilmiy taqiqot markazi mustaqillikning samarasidir.
Ko‘plab qadriyatlar qatorida diniy qadriyatlarimiz, jumladan tariqatchilik an’analari ham tiklanmoqda. Muxtasar qilib aytganda yaratilgan mana shunday imkoniyatlarga, ato etilgan ne’matlarga biz bandalar faqat shukronalar aytishimiz lozim. Bu ne’matlarni qadriga etishimiz kerak.
Biroq ming afsuslar bo‘lsinkim, bu ne’matlarga noshukurchilik qiladiganlar ham topilmoqda. O‘zlarni «pir» deb, «soxta tariqatchilik»ni targ‘ib qiladigan kimsalar shular jumlasidandir. Biror bir diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan, dinning nazariy asoslaridan mutlaqo xabarsiz chalasavod «pir»lar o‘zlaricha yangi «soxta tariqatlarni» e’lon qilishmoqda . Xususan, «qora sallalilar», «nursafardiya», naqshbandiyaning yangi shaxobchalri va hokazolar shular jumlasidandir. Ularning soxta da’volari, targ‘ib etayotgan rasm rusumlari islom dingiga mutlaqo zid ekanligi ulamo olimlarimiz tomonidan diniy manbalar asosida isbotlab berildi. SHunday bo‘lsada bu soxta «pir»larga ergashuvchilar hamon topilmoqda. Coxta tariqatchilik ijtimoiy taraqqiyotimizda ma’naviy tahdiddir. CHunki soxta tariqatchilik tufayli fuqarolar orasida turli fitnalar, nizolar kelib chiqishi, yakdil kishilarni tarafkashlikka undashiga olib kelmoqda, Ular yoshlar orasida uzlarining soxta diniy ta’lim tarbiyasini targ‘ib etib, dunyoviy ilmlarni egallagan ma’naviy komillikni rad etishadi.
Har qanday «soxta tariqatlarga» e’tiqod qilish, «soxta pir»larga ergashish muqaddas dinimizga xilofdir. Bundan tashqari yaratilgan ne’matlarga noshukurchilikdir. Qur’oni karimning Ibrohim surasining 7- oyatida «Agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman» deb aytilgan. Biz fuqarolar mustaqillik tufayli yaratilgan shart sharoitlarga, dinga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning qadriga etib hamisha shukronalikda bo‘lishimiz shart.
Ammo etarli nazariy bilimlarga ega bo‘lmagan „Norasmiy imomlar " o‘z manfatlari yo‘lida sog‘lom turmush tarziga va islom tariqatiga zid holda faoliyat olib bormoqdalar. Achinarlisi shundaki, bu soxta tar`iqatchilarga, ularning davolariga ishonuvchilar, ergashuvchilar "pir" deb e’tiqod qiluvchilar soni ko‘payib bormoqda.
O‘zbekistonning turli hududlarida tariqatchilik faoliyati jadallashmoqda. Jumladan Farg‘ona vodiysida Ibrohim Eshon Naqshbandiya -Mujaddidiya-Husayniya yo‘nalishiga, Samarqand viloyat Narpay tumani Oqtosh qishlog‘ida Isoqjon Eshon Naqshbandiya-Mujaddidiya yo‘nalishiga rahbarlikka davo qilib, atrofiga o‘z tarofdorlarini to‘plamoqda. Andijonda Zuxriddin Eshon va Odilxon qorilar ham tariqatda o‘z yo‘nalislari borligi bilan davo qilmoqdalar. Surxandaryoda Do‘stmuhammad domla tariqatchilarda "pir"likka davo qilib chiqqan bo‘lsa, Jizzax viloyatida Safar Qusharov rahnamoligida „Nursafardiya" tariqatini targib qilmoqdalar.
Ibrohim Mamatqarlov 1937-yilda tug‘ilgan. Mir-Arab madrasasiga o‘qishga kirgan, ammo tugata olmagan. Etarli nazariy bilimga ega bo‘lmasdan turib o‘zi boshchilik qilgan tariqatga quyidagi yangiliklarni kiritadi;
SHukru vuzu namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham, ya’ni makruh paytlarda ham o‘qib olish zarur;
Kechasi tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib) ;
♦ Pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (qoldirilgan) namozni o‘qimasa ham bo‘laveradi, purdan boshqa kishining to‘y marakalariga bormaslik;
Rasmiy imomlarni amri maruflarini mensimaslik, bundan tashqari ayrim murutlarning mutaassibona hatti- harakati namayon bo‘lmoqda, jumladan
- Ibrohim Eshonning tahoratdan qolgan suvni tabarruk deb istemol qilishgan;
-Pirning uyi tomonga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek teng gunox bo‘ladi.
- Doim katta salla, uzun oq kuylak va maxsi kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish.
Rasmiy imomlar tomonidan Ibrohim Eshonni davolari va unga
ergashgan murdlarning faoliyati Islom shariyatiga to‘g‘ri kelmasligi Qur’on va hadislardagi manbalar yordamida asoslab berilgan.
Samarqand viloyat hududida faoliyatlardan biri xalq orasida „Qora sallalilar o‘z ilmiy tilda Naqishbandiya-Mujaddidiya deb ataladi. Mazkur tariqat etakchisi Isoqjon axkomlari va axli sunna val jamoa harakatlariga zid harakatlari kuzatilmoqda. Misol tariqasida quydagi xolatlarni keltirish mumkun:
O‘zgalarning diniy yoki dunyoviy mazmundagi marosimlarda ishtirok etmaslik;
Qoplama tish(tilla, kumush) qo‘ygan kishining tahorati mukammal bo‘lmaydi deyish;
Namozdan keyin ovoz chiqarib duo va tilavot qilishni makruh deb bilish;
Payg‘ambar zamonasida bo‘lmagan har qanday narsani bid’at (yangilik) deb bilish va inkor etish.
Isoqjon Eshon uning tarafdorlari faoliyatiga Samarqand viloyatidagi ulamolar tomonidan raddiyalar berilgan. Ammo ular o‘z qarashlarini o‘zgartirmagan.
Surxondaryo ham tariqatchilarining faoliyatiga Do‘stmuhammad Tursunov (SHayx Do‘stmuhammad Tursun) rahbarlik qilmoqda. SHariyat ilmlaridan o‘zining ma’lum darajasidagi malakasiga qaramay D. Tursunov domlaning ham an’anaviy imomlar bilan bir necha masalalarda kelisha olmaydigan taraflari ham mavjud. Bular:
ehtiyoti peshin nomozini o‘qishni qattiq himoya qiladi;
o‘lgan kishiga davra qilish lozimligiga fatvo beradi;
o‘zidan boshqa tariqatchilar, jumladan Ibrohim Eshon, Isoqjon Eshon kabilarni oshkora tanqid qilib, ularning adashganligini aytadi.
Do‘stmuhammad domlaning qarashlari va faoliyatidagi nuqsonlari diniy ulamolar tomonidan asoslab berilgan.
Bundan tashqari Andijon viloyati hududida ham Naqshbandiya tariqatini ayrim vakillari faoliyati kuzatilmoqda. Andijon viloyati SHaxrixon tumanida tug‘ilgan Zuxriddin Eshon (shayx Eshon Zuxriddin qori Naqshbandiy SHaxrihoniy) (1927-yil) va Andijon shahrida tug‘ulgan Odilxon Salomov(Odilxon Qori) (1928-2009-y). Ularni hozirda targ‘b qilayotgan tariqatini o‘zlarining III asr avval slsilasidagi 23 piri Ahmat Farux -as Sarxindiy tanqid qilib, „ bidatchi tariqat" deb atalgan Zuxriddin eshon shu silsilada 43 pir. Boshqacha qilib aytganda Naqshbandiya tariqatiga Baxouddin Naqshband asos solgan, Imom Robboniy isloh qilgan asoslaridan ancha uzoqlashgan va unga ko‘plab bid’atlar kiritilgan.
Jizzax viloyatida o‘zining tariqatining yangi ko‘rinishining asoschisi deb biladigan Safar Qo‘sharov tomonidan (1952-yili Baxmal tumanida tug‘ilgan) „Nursafardiya" tariqati tarqala boshlaganini kuzatish mumkin. Bu tariqat vakillarining „Sufiy tabobat" tibbiy markazlari mavjud. Bundan tashqari S. Qusharov „Sufiy jang san’ati" nomi bilan turkum risolalar chop ettirgan.
Nursafardiya so‘fiy yo‘nalishi tomonidan taqdim etilgan kitoblarning taxlili mazkur yo‘nalishining diniy jihatdan asosga ega emasligini ko‘rsatadi. Ularning tarqatayotgan g‘oyalari islom dini, sufiylikning tarixi manbalariga mos kelmaydi. YOshlarning yoki umuman fuqarolarimizning anglamasdan ko‘r-ko‘rona tariqatlarga kirishi ayniqsa Nursafardiya kabi diniy asosga ega bo‘lmagan tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilishi O‘zbekiston hududidan tashqarida mavjud bo‘gan ekstrmistik kuchlar vatanimiz tinchligini ko‘rolmaganlar uchun qo‘l kelishi shubhasiz. SHu bois fuqarolarimizni mavjud turli tariqatlar va ularning faoliyatlarida etarlicha baxabar qilish chora-tadbirlarini ko‘rmog‘imiz lozim. Piru muridlik munosabatlarni bayon etar ekan, avvalo tariqat yo‘lida bilimli ustoz zarurligini quyidagicha izohlaydi: «Bilgilki, tariqat yo‘lining qaroqchilari ko‘pdir, ular nodon va kaltafahmlarni hiyla-nayrang donasi bilan makru firib domiga tortish payidadurlar. SHuning uchun rahnamo bo‘la oladigan, pirlik(shayxlik) shart-sharoitlari(asoslari)ni yaxshi biladigan odamni pir, deb tanlash lozim, Mavlaviy Rumiy aytganiday «odam qiyofasidagi iblislar ko‘p, bas shunday ekan, har kimga qo‘l berib bo‘lmaydi.»»21. Koshifiy tomonida besh asr avval aytilgan bu fikrlar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Zamonaviy «Soxta tariqatchilik»da pirlikka da’vo qilayotgan ilmsiz, johillar ham Koshifiy aytganidek «tariqat yo‘lining qaroqchilari»dirlar.
Tariqatda shayxlik shartlarni bayon etar ekan, dastlab shayx so‘zini lug‘aviy ma’nosini izohlab, sung ma’nosini quyidagicha tushuntiradi «..shayx deb o‘zi kamolot darajasini egallagan va boshqalarni ham kamolga etkazishga qodir va shayxlik shartlari, ruknlaridan to‘la xabardor kishiga aytiladi»22. SHayxlik shartlari va murid saqlash sharoiti yigirma shartdan iborat deb ularni quyidagicha bayon etadi: «Birinchidan , (shayxlikka da’vogar odamning e’tiqodi pok bo‘lishi kerak, toki murid uning aqidasiga ergashib to‘g‘ri yo‘ldan adashmain. Ikkinchidan, zaruriy ravishda ilm egallagan, muridga tariqatga taalluqli har qanday mushkil savol tug‘ilganda uni osonlik bilan hal qilib beradigan bo‘lsin23. Yigirmata shartni bayon etar ekan, aynan mazkur shartlarga rioya qilgan kishi komil pir hisoblanadi va umurid tarbiyalash huquqiga ega bo‘ladi, dedi Koshifiy.
SHayxlik ruknlarni tushuntirishda ham e’tiqod va aql kategoriyasi munosabatida ratsionalistik yondashib shunday deydi.. «Agar shayxlik ruknlari nechta, deb so‘rasa, ettita deb aytgil. Birinchisi, komil ma’rifat egasi bo‘lsin,…. Ikkinchidan, o‘tkir farosatli, odamshunos kishi bo‘lib, bir nigoh tashlashi bilan muridning qobiliyatini ilg‘ay olsin. Uchinchidan, etuk ma’naviy quvvati bo‘lsin,….»24.
Muridning sifatlarini bayon etar ekan, birinchidan balog‘at yoshiga etgan bo‘lishi, …Ikkinchidan u oqil odam bo‘lishi lozim, chunki aqlli bo‘lmasa, so‘zning pastu balandi, ramziy botiniy ma’nolarini anglamaydi, va hokazo.25 Piru muridning sifatlarini bayon etishda har qanday e’tiqod aqlga asoslanishi lozimligiga alohida e’tibor qaratadi.
Bugungi kunda mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan tariqatchilar mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solmaydilar. Biroq bu masalaga doir bir qancha muammolar vujudga kelishibi inobatga olish lozim.
Jumladan:
1. Tarafdorlarning ko‘payishi, tariqatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning chuqurlashuvi jiddiy diniy va siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin;
2. Tariqatchilar tomonidan shariat talablarining noto‘g‘ri talqin qilishi, an’anaviy islom tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi tariqat tarafdorlari bo‘lmaganlar va diniy muassasalar xodimlari o‘rtasida noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda;
3. Har qanday tariqatga rahbarlik qilish bir jihatdan moddiy tushumlar bilan bog‘liq. Bu esa „taxt vorisi" kim bo‘ladi degan masalada tariqatlar ichida nizolar kelib chiqishi mumkin. Bu borada bugungi kunda Ibrohim Eshon
vafotidan so‘ng uning tarafdorlari orasida kelib chiqqan kelishmovchiliklardan, o‘zining pirligini isbotlash uchun boshqa da’vatlarni kufrda ayblash holatlarini misol keltirish etarlidir;
4. “Nursafardiya" tariqati vakillari turli sharq yakka kurashi usullarini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng o‘zlarining haq ekanliklarini bilak kuchi bilan isbotlashga harakat qilishlari mumkin;
5. YOsh-yosh yigitlar salla, chopon va maxsi -kalishlar kiyib , „dunyo ishlari bizga qiziq emas" deb, jamiyatdan ajralib qolishlari, oila, qarindosh-urug‘lar va boshqa yaqinlardan uzoqlashishlari ijtimoiy vaziyatga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap;
6. Tariqatchilikning soxta pirlari Respublikamizdan tashqarida, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlardan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Buning oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shni davlat hududiga tez-tez borib kelishlarining ehtiyoji tug‘iladi. Bu esa milliy havsizlik masalalariga daxil qilishi yoki g‘arazli kuchlar qulay manba topilishiga olib keladi.
Bularning oldini olish uchun quydagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Birlamchi islom manbalari asosida tariqatchilarni shariat va ijtimoiy qonunlarga zid bo‘lgan amaliyotlarini fosh etish;
Joylardagi nufuzli imomlar bilan tariqatchilar o‘rtasida muloqotlarni tashkil etish va mavjud ziddiyatlar va tushunmovchilikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari bilan hamkorlikda viloyat, tuman hududida faoliyat olib boradigan tariqat rahnomalari va vakillari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish;
Mahalla oqsaqollari, maslahatchilar va imomlar tomonidan tariqatga kirgan yoshlarni o‘z oilalarini tashlab pirining xizmatiga ketib qolishlari, tarki dunyochilikka berilishlari, farzandlarini dunyoviy ta’limdan chetlatishlarni oldini olish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |