5. Oldingi bilim keyingi bilimga madadkor
Kreativlik -ijodkorlik,deb ta'rif beradi Britannica Ensiklopediyasi, bu qachonki sizning oldingi bilimingizni yangi bilim bilan birlashtirib olsangiz sodir bo'ladi. Shunga ko'ra effektiv o'rganuvchi bu aloqalarni bog'lab oluvchi hisoblanadi.Ya'ni assotsatsiya- agar sizga men hozir Italiyani xaritasi chizib bering desam chizib bera olasiz, va Daniyanichi desam chiza olmasligingiz mumkin, negaki siz Italiyani o'zizdan oldingi bilim bo'yicha assotsatsiya qilgansiz, ya'ni etik shaklida(buni hamma biladi). Etikni nimaligini bilishingiz, Italiyani xaritasini eslab qolishda yordam berayapti.Darvoqe, Assotsatiya bu xotiraning eng asosiy qonuniyatlaridan biridir, shuning uchun aytiladi agarda sizda assotsatsiya bo'lsa, siz o'sha ma'lumotni eslab qolasiz, agarda assotsatsiya bo'lmasa siz hech narsani eslab qolmaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |