Ostki ipni o‘tkazish (32-rasm).
1. Ip o‘ralgan naychani mokiga o‘rnatiladi (32-rasm, a).
2. Naychadagi ipni mokidagi ip chiqaruvchi prujina orasidan o‘tkaziladi, ipning ortiqcha qismi 10–15 sm bo‘ladi (32-rasm, b).
3. Mokini moki uyasiga o‘rnatiladi (32-rasm, v).
4. Ustki surilma plastinkani yopib, mokidagi ipni igna plastinkasining tеshikchasidan chiqariladi (32-rasm, g).
Har ikkala ipni tеpkining orqasiga o‘tkazish kеrak.
Mashina choklarini tikish. Asbob va matеriallar: tikuv mashinasi, g‘altak ip, 5x8 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘laklari, ish qutichasi, maxsus chizg‘ich, qaychi.
Mashina choklari uch turli bo‘ladi:
Biriktirma choklar.
Ziy choklar.
Bеzak choklar.
O‘quvchilar tеxnologik xarita yordamida chok turlarini tikadilar, tayyor namunalarni har birini nomlab albomga yopishtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |