Dazmollash usullari:
1. Dazmollash-gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash, tekislash
2. Yorib dazmollash–choklarni orasini ochib, ikki tomonga yotqizib dazmollash
3. Bostirib dazmollash-choklarni bir tomonga yotqizib dazmollash
4. Dazmollab yupqalashtirish – suvlab dazmollab yupqalashtirish
5. Bug‘lash – kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish.
O‘qituvchi har bir usulni amalda ko‘rsatib beradi.
Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari:
1. Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostlagichi to‘g‘rilanadi.
2. Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tеkshirish kеrak.
3. Tayyor kiyimni avval tеskari tomonidan, o‘ng tomonida esa avval mayda qismlaridan boshlab dazmollanadi.
4. Dazmollangan kiyimni to‘g‘rilab osib yoki taxlab qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |