Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet96/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Mulkchilik munosabatlari: mulk obyekti va subyektini о‘z ichiga oladi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulk obyektlari hisoblanadi. Mulk obyektlari: yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, suv havzasi, о‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy, madaniy buyumlar, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar: insonning unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyati kabi barcha moddiy va ma’naviy boyliklar kiradi. Mulk obyektida asosiy bо‘g‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish bо‘lib, ishlab chiqarish vositalari kimga qarashli bо‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham uning ixtiyorida bо‘lishini taqozo etadi. Mulk obyektlariga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bо‘lgan mulk obyektini о‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari - jamoa , guruh, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bо‘ladi. Mulk subyektlari - davlatlar, fuqarolar, jamoalar , ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshqa birlashmalari, mahalla, xalqaro tashkilotlar, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar mulkiy huquq subyektlari bо‘la oladilar. Bozor iqtisodiyotida mulk shakllarining turli-tumanligi mavjud bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining mulkchilik tо‘g‘risidagi qonunida mulkning shakllari sanab о‘tilgan: fuqarolarning xususiy mulki, jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, aksiyadorlik jamiyati , davlat mulki, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, xо‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan, jamoalar mulki, Respublika, hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi, ma’muriy hududiy tuzilmalar (kommunal) mulkidan iborat davlat mulki, qо‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklidagi aralash mulklarni о‘z ichiga oladi, Qonunda О‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir deb kо‘rsatilgan.

Xususiy mulk - daromad (foyda) olish maqsadida mulkdorning bevosita ishlab chiqarish jarayonida о‘z mehnatidan foydalanish yoki yollanma mehnatni qо‘llash asosida foyda olishga asoslanadi. Xususiy mulk daromad olish maqsadida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iborat yani xususiy mulk bо‘lgan mol-mulkni miqdori va qiymati cheklanmasligi qayd etilgan. О‘zbekiston Konstitusiyasida «Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasida» ekanligi ta’kidlangan. Xususiy mulkning ikki turi mavjud: yakka xususiy mulk va guruhiy xususiy mulk. Birinchisida mulkka yakka shaxs egalik qilsa, ikkinchisida xususiy mulk egalari guruh tarzida faoliyat yuritadilar, daromadlar yakka shaxs yoki guruh tomonidan о‘zlashtiriladi. Xususiy mulk turli yо‘llar bilan davlat mulki obyektlarini yoki davlatga qarashli bо‘lmagan shaxslarning mulki bо‘lgan korxonalar, savdo shaxobchalarini, xizmat kо‘rsatish obyektlarini, transport vositalarini sotib olish orqali xususiy korxonalar tashkil etish asosida vujudga keladi. Xususiy mulk ham boshqa mulk shakllari singari, ijobiy va salbiy tomonlarga ega. U birinchidan tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, g‘ayrat bilan ishlashni, mehnatga mas’uliyat bilan qarashni, uning natijasidan manfaatdorlikni rag‘batlantiradi. Ikkinchidan esa, bozor sharoitida ma’lum darajada kam mehnat sarflab kо‘p daromad orttirishga intilish hususiyatini ham keltirib chiqaradi. Jamoa mulki - muayyan maqsad yо‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni birgalikda о‘zlashtirish bо‘lib, bu mulk jamoa a’zolarining mulkini birlashtirish va shuningdek davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishga, pay tо‘lab korxonalar qurish, yoki aksiya chiqarib, ularni sotish orqali paydo bо‘ladi. Jamoa mulkida ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulot ayrim shaxslar emas, balki jamoa a’zolari egalik qiladilar. Bozor sharoitida jamoa mulkining turli shakllari paydo bо‘ladi. Ular kooperativlar, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlik (hissadorlik) jamoalari , xо‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning, ijtimoiy jamoat tashkilotlari (partiyalar, kasaba uyushmalari, xalq harakatlari, turli xil fondlar, sport tashkilotlari) diniy tashkilotlar va mahalla mulkidan iborat bо‘ladi. Kooperativ mulkning asosini ishlab chiqarish vositalari va uning natijasini о‘zlashtirish jamoa-guruh tomonidan amalga oshiriladi. Bu mulkda ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qо‘shilishi shu mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning uyg‘unligi vujudga keladi. Kooperativlar uch yо‘nalishda ishlab chiqarish, matlubot kooperativlari va aralash kooperativlar shaklida faoliyat kо‘rsatadi. Kooperativlar turli sohalarda, sanoatda, qishloq xо‘jaligida, qurilishda, transportda, savdo va umumiy ovqatlanishda, uy-joy qurilishida, xizmat kо‘rsatish, ijtimoiy-madaniy, ilmiy texnikaviy xizmat kо‘rsatish sohalarida bо‘lishi mumkin. Aralash mulk - u turli shakldagi - davlat mulki, jamoa mulki, mahalla mulki va boshqa mulklarning birlashuvi qо‘shilib, umumlashishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida о‘zlashtirishini bildiradi. Aralash mulk - kо‘p hollarda qо‘shma korxonalar, ajnabiy tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek xorijiy davlatlarning, xorijiy yuridik shaxslarning ulushi hisobidan tashkil topgan mulk tariqasida ham mavjud bо‘ladi. Davlat mulki - davlatga tegishli turli mulklardan iborat bо‘lib, mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bо‘ladi. Davlat mulki ikki yо‘l bilan shakllanadi. Birinchisi, xususiy mulkni milliylashtirish, tortib olish ikkinchisi davlat mablag‘lari hisobiga korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlar tomonidan kapital ajratish (investitsiya qilish) yо‘li bilan shakllanadi.


  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish