Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet78/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar.

Kimyoviy texnologiya boshlang‘ich moddalarning kimyoviy tarkibi va ichki tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Masalan, tabiiy gazni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan metandan vodorod, etilen, asetilen, metil spirti va boshqa mahsulotlar olish mumkin. Iqtisodiy o‘sishda va texnika taraqqiyotining rivojlanishida kimyolashtirishning ahamiyati katta. Kimyolashtinrish mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish jarayonlari bilan bog‘langan bo‘lib, mahsulot orqali ularga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Kimyolashtirish jamiyatni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Kimyolashtirish orqali iqtisodiyotga yangi xom ashyolar, materiallar va kimyoviy ishlovlar kirib kelmoqda. Kimyoviy usullar turli ishlab chiqarish tarmoqlariga kirib bormoqda. Bu usullardan metallurgiyada (kislorodli purkash), energetikada, mashinasozlikda (metallarga ishlov berishda) foydalanilmoqda. Masalan, kimyolashtirish asosida ishlab chiqarish davomiyligini keskin kamaytiriladi, atrof muhit sistemasida esa kimyoviy usullardan chiqindi suvlarni va zararli sanoat gazlarini tozalashda foydalanilmoqda. Kimyolashtirishni hozirda hamma ishlab chiqarish elementlarida ko‘rish mumkin: mehnat qurollarida, mehnat predmetlarida va boshqalarda. Hozirda ishlab chiqarishda yuqori harorat va bosimdan, chuqur vakuumdan, katta tezlik, magnitlanish, ultratovush, plazma, lazer nurlaridan foydalanib texnologik jarayonlar olib borilmoqda. Bunday texnologiyalarning qo‘llanilishi esa, yangi olovbardosh, kimyoviy mustahkam, yuqori mexanik va fizikaviy xossaga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlangan asbob uskunalardan foydalanishni talab etildi. Kimyoviy texnologiyalar asosida ilgaridan belgilangan materiallarni ishlab chiqarishga erishish mumkin. Kimyoviy texnologiyalar ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini ko‘paytirishdagi xom ashyo va materiallar manbai bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tabiiy xom ashyolar asta-sekin kamayib bormoqda va ularning o‘rnini kimyoviy materiallar egallamoqda. Xom ashyolardan kompleks foydalanishning asosiy yo‘llaridan biri xom ashyolarni boyitishdir. Boyitishni fizik-kimyoviy, kimyoviy, shuningdek, boshqa usullari ham mavjud. Hozirda kimyoviy texnologiyalar asosida turli materiallar: sun’iy suyuq va gazsimon yoqilg‘ilar, yoqilg‘ilar, surkash moylari, turli xil polimer materiallar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish, materiallar, energiya, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish – bular fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlaridir. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan barcha chiqarilayotgan buyumlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy murakkab mashinalar sistemasi bilan boyitiladi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo.


  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish