Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet71/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

I dars: Tikuvchilik sanoatining asosiy xom ashyosi gazlamalar hisoblanadi. Ular to‘qimachilik tolalaridan olinadi. Tolalar elementar va texnik tolalarga bo‘linadi. Yanada maydaroq tolalarga bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb, bir necha elementar tolani bir-biriga yopishtirib oligan kompleks tolalar texnik tolalar deb ataladi. To‘qimachilik iplari elementar tolalar yoki iplarinng birikishidan hosil bo‘lgan hamda to‘qimachilik buyumlari tayyorlash uchun yaraydigan har xil uzunlikdagi ingichka, qayishqoq va pishiq jismlardir. Kelib chiqishi hamda kimyoviy tarkibiga ko‘ra to‘qimachilik toalari tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Tabiiy tolalarga: zig‘ir, paxta, jun va ipak tolalari kiradi. Zig‘ir tolasi pishiq, lekin dag‘al va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Zig‘ir tolalari paxta tolalaridan uzunroq, lekin uzunligi ancha notekis bo‘ladi. Zig‘ir tolasidan olingan sifatli kalava ipdan sochiq, dasturxon, choyshab va yostiq jildlari, koylaklik hamda texnik gazlamalar tayyorlanadi. Jun va ipak hayvonlardan olinadigan tabiiy tolalar jumlasiga kiradi. Jun qoy, echki va tuya hayvonlarining junini olish yo‘li bilan olinadi. Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq, pishiqligi pastroq, lekin qayishqoqroq bo‘ladi. Bundan tashqari, jun tolalari sirtida bir tomonga yo‘nalgan tangachalar mavjudligi tufayli tolalar gazlama orqali havo o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, buning natijasida jun gazlamalar issiqni yaxshi saqlaydi. Ipak - ipak qurti o‘ragan pilladan olinadigan ingichka ip. Ipak qurti o‘z taraqqiyotining ma’lum bosqichida ingichka ip chiqarib pilla o‘raydi. Kimyovny tolalar jumlasiga sun’iy va sintetik tolalar kiradi. Barcha kimyoviy tolalar to‘kimachilik korxonalariga shtapel (ma’lum uzunlikdagi kalta tolalar) ko‘rinishida keltiriladi. Sun’iy tolalar tabiiy xom ashyo - yog‘och sellyulozasi, paxta momig‘i va paxta chiqindnlaridan qayta ishlab olinadi. Sun’iy tolalar ichida eng keng tarqalgani viskoza tolasi bo‘lib, ip gazlama sanoatida 36. .. 40 mm uzunlikdagi shtapel ko‘rinishida tayyorlanadi. Viskoza tolalari bnr tekis, ularni qayta ishlash oson, yaxshi boyaladi, uncha qimmat emas, lekin, qo‘llanganda, pishiq bo‘lmaydi, asosan, paxta tolasiga qo‘shib ishlatiladi, lekin sof holda ishlatilishi ham mumkin. Sintetik tolalar neft, toshko‘mir va tabiiy gazni qayta ishlash mahsulotlarini sintez qilib olinadi. Shisha tolalar ohaktosh-natriyli shishadan tayyorlanadi. Ko‘pgina sintetik tolalar (kapron, lavsan, nitron) yuqori molekulyar birikmalardir. Lavsan tolasi yuqori molekulyar poliefir birikma

hisoblanadi va asosan shtapel, ba’zan ip ko‘rinishida ishlab chiqariladi. To‘qimachilik xossalari yaxshi: pishik, qayishqoq, suyuqlanish temperaturasi ancha yuqori. Terib olingan chigitli paxta tayyorlov punktlariga yuboriladi. Bu yerda u dastlabki tozalanadi va quritiladi. Tayyorlov punktlari chigitli paxtani o‘zlari birkitilgan paxtani dastlabki ishlash zavodlariga jo‘natadi. Bu zavodlarda quyidagi operasiyalar bajariladi: dastlabki tozalash, tolalarni ajratish, tolalarni tozalash, tolalarni joylash, shuningdek momiqni (lintni) ajratish va chigitlarni tozalash. Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlov berilgandan so‘ng paxta to‘qimachilik korxonalariga yuboriladi. Bu yerda oldin yigiruv fabrikasiga yuborilib, u yerda tartibsiz tolalardan kalava ip tayyorlanadi. Kalava ipdan ko‘pgina to‘qimachilik buyumlari: gazlamalar, trikotaj , noto‘qima buyumlar, iplar olinadi.

Gazlamani p ardozlash. To‘qish stanoklarida to‘qilgan gazlama xom gazlama deb ataladi. Bunday holda u kam ishlatiladi. To‘qish fabrikalarida ishlab chiqarilgan gazlamalarning asosiy qismi pardozlanadi. Pardozlashdan maqsad gazlamalarning tashqi ko‘rinishi va sifatini yaxshilashdir. Ko‘pgina gazlamalar pardozlangandan so‘ng yangi xossalarga ega bo‘ladi, ya’ni g‘ijimlanmaydi, o‘tga, suvga chidamli bo‘ladi. Pardozlash ishab chiqarishida ip-gazlama sanoatining oxirgi texnologik bosqichidir. Uning boshqa ishlab chiqarishlardan farqi shundaki, pardozlashda gazlama kimyoviy ishlovdan o‘tkaziladi. Pardozlash ishlab chiqarishining tarkibiga kirgan asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi: gazlamani oqartirish (oqartirishdan maqsad gazlamani boyash yoki gul bosishga tayyorlash), tuk kuydirish (kuydirishdan maqsad gazlama sirtidan ip tolalari uchlarini, tugunlarni ketkazish), ohorini ketkazish (to‘quvchilikda kalava ipning yiyilishga chidamliligini oshirish), qaynatish (qaynatishdan maqsad kraxmal qoldiqlarini, sellyuloza va azotli moddalarini ketkizish), yaltiratish (yaltiratishdan maqsad tolalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgartirish hisobiga ularning pishiqligi va boyaluvchanligini oshirish). Boyalgan va gul bosilgan gazlamalar tikuvchilik korxonalariga jo‘natiladi. Tikuvchilik korxonalari esa mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashganligiga qarab tikuvchilik buyumlarini tayyorlaydi va aholi ehtiyojini qondirish uchun savdoga chiqaradi.



  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish