Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet15/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

IV dars: Hunarmandchilik uyushmalari faoliyati hamda istiqbollari

Mustaqillik yillarida milliy hunarmandchilik, kasanachilik qaytadan ravnaq topdi. Soha vakillari huquqlarini davlat tomonidan kafolatlovchi bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 31 mart 1997 yildagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni (PF-1741-son), Vazirlar Mahkamasining 4 iyun 1997 yildagi «Hunarmand» xalq hunarmandlari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari» (282-son), 29 iyul 2009 yildagi «Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (216-son) qarorlari shular jumlasidandir. Masalan, PF-1741-son Farmonga



muvofiq, xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlari qat’iy belgilangan soliqlar va bojxona to‘lovidan 2014 yilning 1 yanvariga qadar ozod qilingan. Vazirlar Mahkamasining 25 may 2011 yildagi «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida»gi qaroriga (152-son) asosan 24 yo‘nalishdagi hunarmandchilik mahsulotlari ekspertiza yig‘imidan ozod etildi. Musiqa asboblari, gilam, kashta, zargarlik buyumlariga esa yig‘imlar miqdori 2-3 barobarga kamaytirildi, natijada hunarmandlarning moddiy manfaatdorligi ortdi va mahsulotlarni eksport qilishga yanada keng imkoniyat yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 24 avgust 2001 yildagi «Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qaroriga (351-son) asosan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jumladan hunarmandlar, kasanachilarga mehnat daftarchasi, pensiya va sug‘urta daftarchalari ochiladi hamda faoliyati davrida muntazam yuritib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Respublika “Hunarmand” uyushmasi tashkil etilishi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasi xalq ustalari va hunarmandlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, joylarda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish, yoshlarga avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy hunarlarni o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy bozorni hunarmadchilik mahsulotlari bilan ta’minlash yo‘lida samarali ishlarni olib bormoqda. Bugungi kunda har bir viloyatda "Hunarmand" uyushmasi a’zolari xalq hunarmandchiligining 30 turidan ortig‘ida xotin-qizlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular ko‘proq chokli buyumlar, milliy liboslar, zardo‘zi do‘ppi, kashta tikish bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek, "Usto-shogird" an’anasi boyicha yoshlar, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida uyushma tomonidan homiylik asosida “Hunarmand” maktablari tashkil qilinib, ko‘plab shogirdlar tayyorlandi, 1 250 000 so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatildi. O‘tgan davrda uyushma a’zolari tomonidan taxminan 1 558 400 so‘mlik xalq iste’moli mollari, badiiy ahamiyatga ega hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, sotilgan va ko‘rgazmalarda namoyish qilindi. Agarda Sizda hunarmandchilikning biror turi bilan shug‘ullanishga, shu orqali ish o‘rniga ega bo‘lishga xohish, istak va qiziqish bo‘lsa, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi yoki o‘zingiz yashayotgan tuman, shahardagi “Hunarmand” uyushmasi bo‘limlariga murojaat eting. Bu yerda Sizlarga “Ustoz-shogird” an’anasiga ko‘ra tikuvchilik, duradgorlik, poyabzal tikish, to‘quvchilik, temirchilik, yog‘och oymakorligi, zargarlik, charmni qayta ishlash, rasm chizish singari hunarmandchilikning o‘nlab turlari boyicha boy tajribaga ega hunarmandlar, tajribali mutaxassislar hunar sirlarini o‘rgatadilar. Bu esa Sizning kelgusida biror hunar egasi bo‘lishingiz, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat boshlashingizga yordam beradi. Respublika «Hunarmand» xalq hunarmandlari uyushmasining viloyatlarda 13 ta boshqarmasi, tumanlarda 154 ta bo‘limi bo‘lib, bugungi kunda u 21 ming nafardan ziyod hunarmandni o‘zida birlashtirgan. Uyushma o‘z a’zolarining ijtimoiy himoyasi, erkin mehnat qilishi va faoliyat ko‘lamini kengaytirishiga yaqindan ko‘maklashib keladi. Yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli ko‘plab hunarmandlarimiz xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etmoqdalar. Harakatda – barakat deganlaridek, hunarmandchilikda shogird yetishtirish maktabining yo‘lga qoyilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodlar uchun ayni muddao bo‘lmoqda, yoshlar hunarli bo‘lish bilan birga daromad manbaiga ham ega bo‘layotirlar. Boshqa jihatdan buning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati ham bor: avvalo, hunarmandchilik yoshlarni mehnat bilan uyda, ya’ni oila davrasida shug‘ullanish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish imkonini beradi. Bunda ota-onalar «bolam qayerda, nima qilayotgan ekan?» degan xavotirdan xoli bo‘lishadi. Shu yo‘l bilan oilaning kichik a’zosi ham hunarmandchilik sirlarini o‘zlashtirib oladi. Bunday oilada o‘z-o‘zidan ishsizlik, moddiy yetishmovchilik yoki huquqbuzarliklar bo‘lmaydi. Fikrimizni respublikamizning turli hududlarida turli hunarlar bilan mashg‘ul oilalarning tajribasi yaqqol tasdiqlaydi. 2000 yilda tashkil etilgan SamAntepGilam qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda eng zamonaviy va innovatsion gilam ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblanib, Markaziy Osiyoda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ida ilg‘or pog‘onalardan birini egallagan. Har bir mijoz o‘z istagiga ko‘ra turli xildagi o‘lchovda, turli xil rangda va mutaxassislarimiz tomonidan doimiy ravishda yangilanib turiladigan milliy yoki zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan naqshlardan gilam tanlashi mumkin. SamAntepGilamda maxsulotlar so‘ngi texnologiyalar yordamida ishlab chiqriladi. Ishlab chiqarishda faqat oliy navli va tabiiy toza, hamda mamlakatimizda ishlab chiqrilgan xom ashyodan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar texnologik normasi va qoidalari xalqaro standartlarga javob beradi, shu sababli mahsulotlarga nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham talab katta. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2008 yil 12 sentabrdagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oila byudjetlari daromadlarini ko‘paytirishning, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishning va xalq hunarmandchiligining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasining fuqarolarning hunarmandchilik faoliyatini kasanachilik mehnati shakllariga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Hunarmandlar faoliyatlarining istiqbollari uchun hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlari royxati ilova qilindi. Milliy shirinliklar, non-bulka Milliy qand-shakar (novvot), donali qandolatchilik buyumlari, mahsulotlari va donali milliy nonlar va boshqa non-bulka mahsulotlari pishirish, ovqatlarning ayrim turlarini milliy pishloq mahsulotlari va qurt ishlab chiqarish,tayyorlash, Charmdan utilitar va badiiy egar-jabduqlar va ularga aksessuarlar, kamar, belbog‘, buyumlar tayyorlash? sumkalar va ularga aksessuarlar, natural va sun’iy charmdan

tayyorlangan milliy nimchalar, charm suvenirlar, kashtalar va to‘qima buyumlar hamda qo‘lda tayyorlangan.

Xalq amaliy san’ati va badiiy hunarmandchilik an’analarini kelajak avlodga but-butun yetkazish, xalq an’analari asosida faoliyat yuritayotgan xalq ustalari, hunarmandlari va ijodkor yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatlar uzviydir. Uyushma a’zolarini kasb- hunar malakalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqishga harakat qilinmoqda. Bundan tashqari, bozor iqtisodi va talablarini o‘rganish, mahalliy xomashyo va materiallardan yuqori sifatli badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish va takliflar kiritish ustida ishlar olib borilmoqda.



  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish