Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 20,37 Kb.
bet3/3
Sana02.09.2021
Hajmi20,37 Kb.
#162709
1   2   3
Bog'liq
falsafa 1

Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli o’laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi. Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash butun mavjudot  organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o’simliklar va hayvonot dunyosi ham, doimo harakatda, o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir deb tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar ob‘ektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim aloqadorlikda, ta‘sir va aks ta‘sirda ekanligini chuqur anglab oladilar.



3.Falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. Ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o’rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda o’zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlardagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ro’y berib turadigan muhim o’zgarishlar natijasida kishilarning ob‘ektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta’riflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsada, lekin shuning o’zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o’zaro ta’sirlar bilan uzviy bog’liq va ayni vaqtda o’zga sohalarga o’tish va ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’naviy jarayon sifatida tushunish lozim

4.Bilimlarning o’sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko’payib bormoqda. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko’proq ajralishiga.Fan o’zining yetuk shakliga sanoat revolyusiyasi davridan erisha boshlaydi, ba’zi ilmiy fanlar esa faqat XIX-XX asrlardangina shakllana boshladi. Shu sababli ko’pgina zamonaviy ilmiy g’oyalar o’zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar ta’sirida ishlab chiqilgan.

Fanning birinchi  boshlang‘ich «bo‘linishi» uning tuzilmasidan fundamental va amaliy fanlarning ajralib chiqishidir. Fanning quyidagi asosiy funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin: a) ishlab chiqaruvchi kuchlarni takomillashtirish uchun ilmiy bilimlardan foydalanish (fanning texnologik funksiyasi); b) ilmiy bilimlardan fanning o‘zini rivojlantirish uchun foydalanish; v)ilmiy bilimlarni shaxsning har tomonlama kamol topishiga (ijtimoiy progressga) imkon yaratish maqsadida insonni rivojlantirish uchun qo‘llash; g) fandan turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vositasi sifatida foydalanish. Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan fanning roli, uning tashkiliy tuzilishining murakkabligi, ilmiy faoliyat jarayonida foydalaniladigan resurslarning turli tumanligi fan taraqqiyotini prognozlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Download 20,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish