MA’RUZALAR MATNI
II-kurs bakalavr bosqichining barcha yo’nalishlari uchun
JIZZAX – 2021
“FALSAFA” tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, Falsafani_bilmaydigan_odam_meditsina_yoki_ta’lim,_san’at_yoki_madaniyat_sohasi_vakili_bo‘ladimi,_bundan_qat’i_nazar_—_hayotning,_o‘z_kasbining_ma’no-mazmunini_yaxshi_tushunmaydi.'>Falsafani bilmaydigan odam meditsina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo‘ladimi, bundan qat’i nazar — hayotning, o‘z kasbining ma’no-mazmunini yaxshi tushunmaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
“Falsafa” tushunchasi tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o‘tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588—1679) uni «to‘g‘ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni», deya talqin etgan.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o‘rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bo‘la olmaydi»1.
Boesiy poetik intuitsiyasida falsafa o‘ng qo‘lida kitob, chap qo‘lida esa saltanat hassasi – skipetr tutgan Iloha obrazida gavdalanadi. Bu timsollarning mavjudligi tasodifiy bir hol emas. Falsafa bilim berish bilan bir qatorda, dunyoni oqilona boshqaradi va skipetr bu fikrni tasdiqlaydi.
Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday mamlakat aholisining grajdanlik va o‘qimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan2. Ingliz faylasufi David Yum (1711–1776) falsafaga bo‘lgan munosabat asosida millatga «tashxis» qo‘yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yo‘qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir.
Qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri – Lao szi (miloddan avvalgi VI asr boshlarida yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir», deb o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |