Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da tezis sof ayiruvchi mu- lohazaning (kuchli diz’yunktsiyaning) bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, «Bu xatni do‘stlarimdan A, yo B, yo C yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni B ham, C ham yozmaganligi»ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan», degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash ayiruvchi — qat’iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variant- lar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, ya’ni tezis isbotla- nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |