Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet259/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

221





mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza- largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega bo'ladi. Tushunchalarga esa bunday qiymatni berib bo'lmaydi. Masalan, «yo‘lbars
yirtqich hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun- chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.

Demak, mulohaza chin yoki yolg'on bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa- larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog'lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari- miz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi- limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax- min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.

Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo'ladi. Chinligi isbotlangan fikr- ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Yolg‘onligi is- botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Chinligi isbotlangan Fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov- chi mulohaza yolg‘on bo'ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato- ligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar — noaniq bo‘ladi.

Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man- tiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza- lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi- na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo'ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.

Masalan, «Til insonlar oTtasidagi muloqot vositasidir», «Hi- yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi- ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo- dalovchi tafakkur shaklidir.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish