cheklovchi tadbirlar (karantin) — yuqumli va parazitar kasallik-
lar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa
faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki)
tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma’muriy,
tibbiy sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar;
yuqumli va parazitar kasalliklar — insonga u yashayotgan muhit-
ning biologik omillari ta’sir ko‘rsatishi hamda kasallikka chalingan
insondan yoki hayvondan sog‘lom insonga kasallik yuqishi mumkinligi
sababli paydo bo‘ladigan va tarqaladigan inson kasalliklari.
Ushbu Qonunning 4-moddasida aholining sanitariya-epidemiologik
osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyida-
gilardan iborat deb ko‘rsatilgan: sanitariya-gigiyena tadbirlarini va
epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilishi;
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish; davlat sanitariya
nazoratini amalga oshirish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ushbu Qonunning 5-moddasida Sanitariya qoidalari, normalari va
gigiyenik normativlar, 6-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasi-
dagi vakolatlari, 7-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari,
8-moddasida Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, 9-
moddasida Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor
shaxslar, 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya
vrachining vakolatlari, 11-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanita-
riya vrachlarining vakolatlari, 12-moddasida Davlat sanitariya nazoratini
31
amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari, 13-moddasida
sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majbu-
riyatlari, 14-moddasida Aholining sanitariya-epidemiologik osoyish-
taligini ta’minlashda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining,
nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi, 15-moddasida Yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari, 16-moddasida Yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari, 17-moddasida
Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi soha-
sidagi huquq va majburiyatlari, 18-moddasida Normativ-texnik hujjat-
larni ishlab chiqishga doir talablar, 19-moddasida Obyektlarni rejalash-
tirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar, 20-
moddasida Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va
transport vositalaridan foydalanishga doir talablar, 21-moddasida
Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish,
saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda ko‘mib
tashlash paytidagi talablar, 22-moddasida Radioaktiv moddalar va
boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi
talablar, 23-moddasida Turar joylarga ko‘chib kirishga va ulardan foy-
dalanishga doir talablar, 24-moddasida Oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-
ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va
realizatsiya qilishga doir talablar, 25-moddasida Xorijdan olib kirila-
digan mahsulotni yetkazib berish va realizatsiya qilish paytidagi talablar,
26-moddasida Xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashga doir talablar,
27-moddasida Ta’lim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya
qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishiga doir
talablar, 28-moddasida Mehnat sharoitlariga doir talablar, 29-moddasida
Maxsus ekspertizalar o‘tkazish, 5-bobida Sanitariya-gigiyena tadbirlarini
va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish, 30-
moddada Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar,
31-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofa-
zasi, 32-moddasida Yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarida o‘t-
kaziladigan chora-tadbirlar, 33-moddasida Profilaktik emlashlar o‘tka-
zish, 34-moddasida Dezinfeksiya tadbirlari, 35-moddasida Majburiy
tibbiy ko‘riklar, 36-moddasida Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiya-
lash, 37-moddasida Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish bo‘yi-
32
cha faoliyatga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, 38-moddasida Nizolarni
hal etish, 39-moddasida Aholining sanitariya-epidemiologik osoyish-
taligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, 40-
moddasida Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
41-moddasida Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish, 42-
moddasida Ushbu Qonunning kuchga kirishi to‘g‘risida ma’lumotlar
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |