F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Birlamchi kosmik nurlar -
 
protonlardan (92%),  alfa zarrachalari 
(7%)  va zaryadi 10 dan ortiq bo‘lgan atom yadrolaridan iborat. Kosmik 
nurlanishlar galaktika tumanlaridan va quyosh sathida sodir bo‘ladigan 
termoyadro reaksiyalaridan hosil bo‘ladi. 
Ikkilamchi kosmik nurlanishlar -
 
kosmik nurlar yer yuzasiga yetib 
kelishi jarayonida atmosfera havosi tarkibidagi atomlar va boshqa kim-
yoviy elementlar bilan reaksiyaga kirishib, boshqa atom va moleku-
lalarning ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan fotonlarni hosil qiladi.   
Ularning qiymati geografik kenglikka bog‘liq, uning eng yuqori qiymati 
geografik qutb kengliklarida kuzatiladi.  
       Yer qobig‘iga bog‘liq bo‘lgan tabiiy radioaktiv manbalar-litosfera, 
gidrosfera, atmosfera, o‘simliklarda va hayvon organizmlaridagi RM. 
Bu elementlarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin: 
1.Uran (
238
U), toriy (
232
Th ) va aktinouran (
235
AcU) oilasiga mansub 
bo‘lgan radioaktiv tarkibga kiruvchi radioizotoplar.    
2.Yuqoridagi oila bilan genetik bog‘liq  bo‘lmagan radioaktiv 
elementlar: kaliy (
40
K), kaltsiy (
48
Ca), rubidiy (Ru) va b. 
3.Tog‘  jinslari, yer qobig‘ini tashkil qiluvchi moddalar hamda tup-
roq tarkibidagi kosmik nurlanishlar ta’sirida to‘xtovsiz hosil bo‘lib 
turadigan radionuklidlar.  Inson organizmiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
yillik nurlanish dozalari.  Aholining nurlanish dozasiga  antropogen 
manbalarda ionlantiruvchi nurdan foydalaniladigan rentgen diagnostika 


294 
 
tekshirishlari eng katta hissa qo‘shadi.  O‘zR aholisi uchun AES dan 
tashqari, barcha nurlanish hisobiga bo‘ladigan o‘rtacha shaxsiy samarali 
nurlanish dozasi, taxminan yiliga 3,5 mZv (440 mkR/soat) ni tashkil 
qiladi. 
Organizmga nurlanish ta’sirining biologik samarasi.  
       Nurlanishlarning inson  organizmga ta’siri 2 guruhga bo‘linadi:  
-  1 guruh —  somatik (deterministik) samaralar: nurdan kuyishlar, 
katarakta (ko‘z gavharining xira tortishi), nur kasalligi, gemopoezning 
buzilishi, bepushtlik, alopetsiya. 
-  2 guruh —  stoxastik samaralar: genetik buzilishlar, umr ko‘rish 
muddatining qisqarishi.  
 
9.4-rasm. IN biologik ta’siri. 
 
Ushbu samaralarning har biri uchun biologik ta’sirning ba’zi bir 
xususiyatlari xos bo‘ladi:   
Deterministik samaralar: 
-  bo‘sag‘a doza samarasi mavjudligi (nurlanishning boshlang‘ichdan 
oldingi dozasi bunaqangi biologik ta’sir ko‘rsatmaydi); 
- biologik o‘zgarish qiymati nurlanish dozasiga to‘g‘ri praportsional. 
Stoxastik samaralar uchun:  
- boshlang‘ich doza yo‘qligi;  
Ta’sir samaraning yuzaga chiqish mumkinligi nurlanish muddatini 
oshirish bilan o‘sib boradi. Natijada genetik o‘zgarishlar, xavfli o‘sma-
lar, umr ko‘rish muddatining qisqarishi yuzaga keladi.   
Ko‘rsatilgan samaralar asosida ionlantiruvchi nurlanishning hujayra-
ga  bevosita yoki bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘l-
magan)ta’sir ko‘rsatishi yotadi. 


295 
 
        Ionlantiruvchi nurlarning  hujayralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevo-
sita) ta’siri:  oqsil molekulasini parchalashi, DNK ning jarohatlanishini 
keltirib chiqarishi, mustahkam bo‘lmagan bog‘larning uzilishi, radikal-
larning ajralishi, boshqa denaturatsion o‘zgarishlarni kelib chiqishi.   
       Ionlantiruvchi nurlarning  hujayralarga  bilvosita ta’siri:  nurlan-
gan xujayradagi  xromosom apparat mexanizmining jarohatlanishi,  xu-
jayralarning tiklanishi va tabaqalanish jarayonlarini qurshab olinishi, 
birlamchi jarayon hujayradagi suvga yutilgan nurlanish va yuqori 
aktivlikka ega bo‘lgan ON+ yoki N+ ozod radikallarning hosil bo‘lishi 
bilan belgilanadi.  
Hujayralardagi eng muhim o‘zgarishlar: 
a) nurlantirilgan hujayralarda bo‘linish mexanizmi va xromosomalar 
apparati shikastlanishi;  
b) hujayralarning yangilanish va taqsimlanish (differensiyalanish) 
jarayonlari to‘silib qolishi (uzoq vaqtgacha bitmaydigan nurdan kuyish-
lar); 
d)  proliferatsiya va to‘qimalarning kelgusidagi fiziologik regenerat-
siya (tiklanish) jarayonlari to‘xtab qolishi (nurdan kuyish va boshqa 
jarohatlanishlar).       
Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta’siri:  umumiy olingan doza 
qiymatiga,  nurlanish davomiyligiga,  radiatsiya turi (tashqi, ichki)ga, or-
ganlarning radiosezgirligiga, hujayralarning ta’sirchanligiga va individual 
ta’sirchanlikka bog‘liq bo‘ladi. 
IN ta’sirida yuzaga keladigan jarohatlar va samaralar eng avvalo nur-
lantirish dozasi va uning organizmga ta’sir qilgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. 
Agar IN  insonga o‘zaro ta’sirining somatik samaralari yiliga 0,5 Zv (50 
ber/yil) va undan kattaroq dozadagi muntazam nurlantirishda namoyon 
bo‘lsa, unda istalgan dozadagi uzluksiz nurlantirish ta’sirida stoxastik 
samaralar xavfi oshishini  kutish mumkin. Shu sababli  1985-yildayoq 
qabul qilingan qarorga binoan, har qanday kichik dozadagi qo‘shimcha 
nurlantirilish  kanserogenez xavf oshishi bilan bog‘liqdir. Bu qaror IN 
boshlang‘ichsiz ta’siri konseptsiyasiga muvofiq bo‘lib, o‘z kuchini saqlab 
kelmoqda.   
Tana a’zolarining radiosezgirligi.    Barcha a’zolar ham IN ta’siriga 
birdek ta’sirchan emas, bu esa “radiosezuvchanlik” (RS) tushunchasi 
bilan ifodalanadi.  Ular organlar sistemasiga ta’sirchanligi jihatdan 3 
guruhga bo‘linadi: yuqori, o‘rtacha va past: 
                                                                                         


296 
 
9.1- jadval 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish