F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagi bolalar va



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
7.3. Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagi bolalar va 
o‘smirlar gigiyenasi bo‘yicha vrachlar 
 faoliyatining yo‘nalishlari: 
 
• bolalar va o‘smirlar uyushgan jamoalarining va bolaning 
salomatlik holatini to‘liq tahlil qilish; 
• bolalar va o‘smirlar muassasalari binolarining loyihalashtirilishi, 
qurilishi va ta’mirlanishi, jihozlanishi va foydalanishga kiritilishi yuza-


220 
 
sidan sanitariya-gigiyena ekspertizasi va davlat sanitariya epidemiolo-
giya nazorati; 
• bolalar va  o‘smirlar uyushgan jamoalarining yashash muhiti 
omillari va tarbiyalanish, o‘qish, dam olish tartibini  o‘rganish; 
• bolalar va o‘smirlar jamoalarining salomatlik holati bilan tashqi va 
atrof-muhit omillari, tarbiyalash, o‘qitish va bo‘sh vaqtni o‘tkazish 
shart-sharoitlari orasidagi sababiy-oqibat borligini aniqlash; 
• bola aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlov-
chi tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan zaruriy takliflarni,  bola  aholining  
salomatligini muhofazalash, kasalliklarini profilaktika qilish, yashash 
muhitini sog‘lomlashtirish, ularning tatbiq  etilishini nazorat qilish 
bo‘yicha mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini ishlab chiqish; 
• bolalar va o‘smirlar muassasalarida  sanitariya qoidalari, me’yor-
lari va gigiyena normativlari bajarilishi, sanitariya-gigiyena va epide-
miyaga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi ustidan sanitariya  –
epidemiologiya nazorat harakatda bo‘lishini ta’minlash; 
• mahsulotlar va bolalar buyumlarining anvoi navlarini, shuningdek, 
ular tayyorlanadigan materiallarni gigiyenik baholash (sertifikatlash); 
• o‘qitish tartiblari va dasturlari ekspertizasi. 
Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagiga  quyidagi 
davlatga qarashli va nodavlat umumiy ta’lim muassasalari bo‘ysunadi: 
• Umumiy ta’lim (maktablar, litseylar, gimnaziyalar, umumiy tur-
dagi maktab-internatlar, kechki maktablar va boshqalar); 
• Aqliy va jismoniy  rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun 
maxsus (korreksiyalovchi) maktablar, maktab-internatlari va boshqalar; 
• Qo‘shimcha (maktabdan tashqaridagi) ta’lim muassasalari. 
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limining tekshiruv obyektlari: 
1.  Bolalar muassasalari, o‘quv yurtlarini qurish uchun yer 
uchastkasi ajratilishida ishtirok etish va xulosalar berish.  
2.  Yuqorida qayd etilgan  obyektlarni loyihalash, qurish, qayta 
qurish,  ularni foydalanishga topshirish chog‘ida    sanitariya normalari, 
qoidalari  va gigiyenik  normativlarga  amal  qilinganligini nazorat etish 
va xulosalar berish. 
3.   Bolalar mebeli, o‘yinchoq, kitob, kiyim  va shaxsiy foyda-
lanish  asboblarini joriy qilish va ishlab  chiqarish davrida   sanitariya 
nazoratini o‘tkazish. 


221 
 
4.  Bolalar va o‘smirlarni  o‘qitish va tarbiya qilish, ovqatlanish, 
damolish sharoitlarini (kun tartibini, o‘quv jadvalini) sanitariya va 
gigiyenik jihatdan baholash. 
5.   Maktabgacha bo‘lgan tarbiya  muassasalari, maktab  -  litsey, 
maktab-internat, bolalarni sog‘lomlashtirish muassasalarida va shu kabi 
bolalar va o‘smirlarning  maktabdan   tashqari   obyektlarida   tibbiy   
xizmat tashkil etilganligini, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi 
kurash qoidalariga rioya qilinayotganligini nazorat ostiga olish. 
6.   Polimer materiallarni qo‘llanilishini, bolalar mebeli,  kiyim- 
kechak, kitob, o‘yinchoq, kundalik asboblarni ishlab chiqarilishini 
nazoratga olish. 
7.  O‘smirlarga kasb tanlash to‘g‘risida maslahat berish. 
8.  Ishchi    o‘smirlarning    turmush,    mehnat    sharoitlarini,  ular-
ga taalluqli mehnat qoidalariga rioya qilishni nazorat ostiga olish. 
9.  Bolalar muassasalari xodimlarining profilaktik tibbiy ko‘riklarini 
o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish. 
10.  Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarni, maktab, 
 
litseylar, bilim  yurtlari,  kolledj, kasb-hunar  litseylarida  o‘qiyotgan 
o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish. 
11.  Bolalar va o‘smirlarning  kasalliklarini,  jismoniy  rivojlanishini 
o‘rganish ularga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash: bolalar va o‘smir-
larni  garmonik rivojlanishi bo‘yicha  sanitariya-gigiyenik chora-
tadbirlarning ishlab chiqish. 
Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagi 
xizmat 
xodimining huquqlari quyidagilardan iborat: 
1) umumta’lim muassasasi rahbaridan ta’lim va tarbiya dasturini, 
o‘quv rejasi, bir haftalik mashg‘ulotlar turini, kun tartibini, darslar 
jadvalini, kun va hafta davomidagi haqiqiy o‘quv  yuklamasi haqidagi 
ma’lumotlarni so‘rash; 
2) bolalar va o‘smirlarning kasallanishlari, jismoniy rivojlanishlari 
va profilaktikaviy ko‘riklar natijalarini so‘rash (rasmiy qayd-hisobot 
statistik formalari); 
3)  ta’lim-tarbiya tartibi yoki ba’zi bir tartibdagi vaqtlarning xrono-
metrajini o‘tkazish; 
4) aqliy mehnat layoqatini tekshirish va baholanishini o‘tkazish;  
5) bolalar, o‘smirlar va ota-onalarning so‘rovnomalarini o‘tkazish. 
Sanitariya-epidemiologik  xizmatning mansabdor shaxsi (mutaxas-
sis) quyidagilarni baholaydi: 


222 
 
• ta’lim va tarbiya dasturining o‘sayotgan bola organizmining fun-
ksional imkoniyatlari va ularni o‘zlashtirish uchun tayyorligiga mos 
kelishi; 
• ta’lim-tarbiya tartibining fiziologik qonunlarga mosligi (bolalar va 
o‘smirlarning yosh-jinsga oid o‘ziga xosliklarini, sutkalik bioritmlarini, 
kun va hafta davomidagi maqbul mehnat layoqati davrlari, ishlash va 
dam olishning oqilona uyg‘unlashuvi, ta’tillar tashkil etilishini hisobga 
olish); 
• haftalik o‘quv yuklamasi va uning haftalik davrga taqsimlanishi, 
dars va o‘quv kunining vaqti, tuzilishi, o‘qitishning texnikaviy vosita-
laridan oqilona foydalanish, mashg‘ulot  o‘tish vaqti, ularning haftalik 
davrdagi soni.  

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish